Ğalaba va mağlubiyatlar. Tokio Olimpiadasining eng yodda qolarli suratlari
|01:35 / 10.08.202128 53910 min
8 avgust kuni Tokioda Olimpiya öyinlari yakunlandi. Koronavirus pandemiyasi tufayli sportçilar va muxlislar Olimpiadani bir yil kutişdi, lekin Tokio-2020da (rasmiy nomi) tomoşabinlar va Tokio aholisi köplab çeklovlarga könişiga töğri keldi. Bu Olimpiada arafasida taşkiliy qömitaning tört vakili öz intervyularida ehtiyotsizlik qilişi çetlatilişi bilan boğliq mojarolar bölib ötdi. Ammo öyinlar vaqtida baribir eng asosiysi sport bölib qoldi: ğalabalar va mağlubiyatlar, tösiqlarni yengib ötiş, atletlarning aql bovar qilmas yutuqlari hamda jamoaviy ruh.
Quyida Tokio Olimpiadasining eng yorqin suratlari jamlandi.
Clive Mason / Getty Images
Britaniyalik yaxtaçilar Saskiya Tidi va Şarlott Dobson 49er FX klassidagi poygalarda qatnaşişmoqda. Musobaqa Fudziyama toği fonida bölib ötdi. Braziliyalik Martin Grael va Kaxena Kunse Olimpiya çempionlari bölişdi.
Alex Brandon / AP / Scanpix / LETA
24 yoşli Vitalina Batsaraşkina Tokioda ikki oltin va kumuş oldi. Yaponiyadan qaytgan sportçini Omskda rus xalq qöşiği — «Vedmak» qöşiği bilan kutib olişdi.
Antonin Thuiller / AFP / Scanpix / LETA
Sport gimnastikasida AQŞ yetakçisi, tört karra Olimpiya çempioni bölgan Simona Bayls ilk muvaffaqiyatsiz iştirokidan keyin jamoaviy köpkuraş böyiça final vaqtida çiqiş qilişdan boş tortdi. U buni ruhiy holati yomonligi bilan izohladi. Sportçi şaxsiy köpkuraşda, brusda maşq qiliş va tayanib sakraş maşqlarida ham çiqiş qilişni istamadi. Ammo baribir xodada qilinadigan maşqlar böyiça musobaqada qaytdi. Zal Baylsning qaytişini tik turgan holda olqişladi. Sportçi bronza medal oldi.
Kevin C. Cox / Getty Images
Bolgariyalik Antoaneta Kostadinova 10 metr masofada pnevmotik töpponçadan öq otişda ikkinçi örinni egalladi. U final sessiyasi arafasida rossiyalik Vitalina Batsaraşkinadan oldinda bölgan bölsa-da, yakunda unga yutqazdi. Batsaraşkina rossiyalik sportçilarning Tokiodagi ilk oltin medaliga ega çiqdi.
Mavzuga oid
Thibault Camus / AP / Scanpix / LETA
Niderlandiyalik Mate Van der Pul mauntinbaykdagi favoritlardan biri edi. Ammo u Olimpiadada muvaffaqiyatsizlikka uçradi va sovrindorlar qatoridan joy ololmadi. Sportning bu turida britaniyalik Tomas Pidkok çempion böldi.
Dylan Martinez / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyalik gimnastikaçilar 1996 yildan buyon ilk marta jamoaviy köpkuraşda olimpiya oltinini qölga kiritişdi. Suratda Artur Dalaloyan, David Belyavskiy, Nikita Nagorniy va Denis Ablyazin ğalabani nişonlaşmoqda. Ablyazin Tokioda tayanib sakraşda kumuş medal oldi, Nagorniy esa ikki bronzaga ega çiqdi — şaxsiy köpkuraş va tösindagi maşqlarda.
Patrick Smith / Getty Images
Sablistlar Aron Siladi (Vengriya) va Luidji Samele (Italiya) jamoaviy bahslar yarimfinalida. Siladi va Samele şaxsiy birinçilik böyiça finalda ham töqnaş kelişgan, vengriyalik sportçi uç karra olimpiya çempioniga aylangan. Jamoaviy bahslarda esa Janubiy Koreya vakillari ğolib çiqişdi, italyanlar kumuş bilan kifoyalandi, vengrlarga — bronza.
Olivier Morin / AFP / Scanpix / LETA
Tokio Olimpiadasida ilk bor syorfing böyiça ham medallar şodasi öynaldi. Suratda braziliyalik Gabriel Medina uçinçi örin uçun bahs vaqtida. Medina bronzani avstraliyalik Ouen Raytga boy berdi. Syorfing böyiça ilk olimpiya çempioni braziliyalik boşqa bir sportçi Italo Ferreyra böldi.
Yaponiyalik Hisayosi Harasava va çexiyalik Lukaş Krpalek dzyudo böyiça +100 kg vazn toifasidagi yarimfinal bahsida. Krpalek finalga çiqib, gruziyalik Guram Tuşişvilini ham mağlub etgan holda olimpiya çempioniga aylandi. Bronza rossiyalik Tamerlan Başayevga nasib etdi.
Foto Getty Images
Boks böyiça -91 kg vazn toifasi vakillari Murod Aliyev (Fransiya) va Freyzer Klark (Buyuk Britaniya) örtasida ötkazilgan çorakfinalda referi fransiyalik boksçi boş bilan zarbalar berib raqibni jarohatladi deb topib, uni ogohlantirdi, boksçi bundan noroziligini nomaqbul harakatlari bilan ifodaladi, yakunda u diskvalifikatsiya qilindi. Aliyev esa noroziligini ifodalaş uçun yarimsoatdan köproq vaqt davomida ringda ötirdi.
Ryan Pierse / Getty Images
100 metr masofaga yuguriş — Olimpiadadagi eng tomoşabop yönalişlardan biridir. Rio 2016 va afsonaviy Useyn Boltni eslaş kifoya. Tokioda esa erkaklar örtasida 100 metr masofaga yuguriş haqiqiy şouga aylandi. Italiyalik Marsel Jyeykobs Olimpiya çempioni böldi. Jyeykobs qariyb 20 yil içida uşbu masofada oltin olgan ilk Yevropa vakili böldi (tarixda esa birinçi italiyalik).
Joe Giddens / PA Images / Scanpix / LETA
Britaniyalik Tom Deyli Tokioda 10 metr balandlikdan suvga sinxron sakraş böyiça oltin medal oldi. Şuningdek, tribunada ötirgan holda öz iti uçun jyemper töqişi bilan yodda qoldi.
Dylan Martinez / Reuters / Scanpix / LETA
Balandlikka sakraş musobaqasida kumuş medal berilmadi, lekin ikki sportçi olimpiya çempionlari deb tan olindi. Qatarlik Mutaz Barşim va italiyalik Janmarko Tamberi bir xildagi urinişlardan foydalangan holda 2,37 metrlik körsatkiçni qayd etişdi. Bronza medali belarus Maksim Nedosekovga berildi, u ham 2,37 metrlik nuqtadan ötgandi, ammo u köproq urinişdan foydalandi.
Hannah Mckay / Reuters / Scanpix / LETA
400 metr masofaga tösiqlar oşa yuguriş böyiça musobaqa yarimfinali yomğir ostida keçdi. Finalda ob-havo biroz yaxşilandi. Amerikalik Sidni Maklaflin jahon rekordini (51,46 soniya) örnatgan holda olimpiya çempioni böldi.
Foto: Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi
Rio Olimpiadasi çempioni Şahobiddin Zoirov (-52 kg) filippinlik Karlo Palamga qarşi jangni yakunlay olmadi. Ikkinçi raundda boksçilarning boşlari töqnaşib, uning qoşi yorilgaç, referi jangni töxtatdi, hakamlar bahsning şu vaqtgaça yiğilgan oçkolar böyiça ğalabani filippinlik sportçiga berişdi.
Joe Giddens / EPA / Scanpix / LETA
Avstraliyalik suzuvçi Emma Makkeon Olimpiada rekordini örnatdi. U Tokioda tört oltin va uç bronza medal qölga kiritdi.
Matthias Hangst / Getty Images
Amerikalik Tara Devis uzunlikka sakraş böyiça bahslarda çempionlikka asosiy da'vogarlardan edi. Devis finalga çiqdi, ammo medalsiz qoldi. Olimpiya çempionligi germaniyalik Malayka Mixamboga nasib etdi.
Foto Reuters
Kubalik Mixain Lopes Nunes 39 yoşga tölişiga ikki hafta qolganida törtinçi marta olimpiada öyinlari çempionligini qölga kiritdi. Yunon-rum kuraşi afsonasi 130 kg vazn toifasida gruziyalik raqibini mağlub etdi va 4 karra olimpiada çempioni degan nomni qölga kiritdi. Bungaça u Pekin, London va Rio olimpiadalarida ham oltin medalni öziniki qilgandi.
Ryan Pierse / Getty Images
AQŞ vakili Reyçel Makkoy balandlikka sakraş böyiça saralaş bosqiçida. Bu yönalişda oltin medalni rossiyalik Mariya Lasitskene öziniki qildi.
Foto: Patrick Smith/Getty Images
Yaponiya vakili Funa Nakayama skeytbording böyiça bahslar vaqtida. U bronza medal bilan kifoyalandi, oltin yaponiyalik boşqa bir sportçi Momidzi Nisiyaga tegdi.
David J. Phillip / AP / Scanpix / LETA
Yamaykalik Xansl Parçment 110 metr masofaga tösiqlar oşa yuguriş böyiça finalda ğolib böldi. Bu yönaliş favoritlaridan biri, jahon çempioni (2015) va ikki karra Yevropa çempioni (2012, 2014 yillar) rossiyalik Sergey Şubenkov soğligidagi muammo tufayli çiqiş qila olmadi.
Christian Bruna / EPA / Scanpix / LETA
Gandbol böyiça Rossiya ayollar jamoasi finalda Fransiyaga 25:30 hisobida yutqazib, kumuş medal bilan kifoyalandi. Darvozabon Anna Sedoykina (çapda) bu öyin unga juda qiyin keçganini tan oldi: «Albatta, kumuşdan xafa bölmaslik kerak, har qanday medal qadrli. Bugun kuçimiz yetmadi. Norveglarga qarşi öyinda köp kuç sarflaganimiz baribir bilindi. Bugun juda oğir öyin böldi».
Nazvaniye
Niderlandiyalik atlet Sifan Hasan 1500 metrga yuguriş böyiça saralaş bosqiçida raqiblaridan birining oyoğiga çalinib, yiqilib tuşdi. Ammo u özini yöqotmadi va darhol örnidan turib, yugurişda davom etdi. Yakunda marraga birinçi bölib yetib bordi. Sifan Tokio olimpiadasida 1500 metrga yugurişda bronza, 5 ming va 10 ming metr masofaga yuguriş bahslarida oltin medallarga sazovor böldi.
Izu velodromida 8 avgust kungi holat: misrlik poygaçi Ebtissam Zaid Ahmad italiyalik Eliza Balzamo ustidan ötib ketmoqda, uning yonida polşalik Darya Pikulik.
Foto: HARRY HOW/GETTY IMAGES
Karate böyiça final bahsida eronlik Sajad Ganjazoda saudiya arabistonilik Tariq Hamedining zarbasidan keyin huşini yöqotdi. Bu vaqtgaça Saudiya vakili yaqqol ustunlik qilayotgan va uning ğalabasiga şubha qolmagandi. Ammo hakamlar u raqibning böyin qismiga taqiqlangan zarba bergan deb topişdi va uni çetlatişdi, natijada eronlik sportçi behuş holatida olimpiya çempioniga aylandi.
Boksning superoğir vazn toifasida Bahodir Jalolov barça janglarini öziga xos tarzda boşladi. U Olimpiadaning sönggi kunida ötkazilgan finalda amerikalik Riçard Torresni mağlub etib, oltin medalni qölga kiritdi.