Uşbu haftada Italiya janubida havo harorati 48 darajaga yetişi mumkin, deb xabar bermoqda Ansa.
Xabarda aytilişiça, bunga Afrikadan keladigan subtropik antitsiklon sabab böladi. Italiya soğliqni saqlaş vazirligi sakkizta şaharda harorat xavfining qizil darajasini e'lon qildi.
Italiyaliklar soat 11dan 18gaça köçaga çiqmaslik, issiq vaqtda jismoniy zöriqişlardan qoçişga çaqirilmoqda.
Bundan taşqari, köp suv içiş, öta sovuq va alkogolli içimliklar içmaslik tavsiya qilinmoqda.
Avvalroq olimlar Yer yuzidagi harorat rekord darajada oşib borayotganini ma'lum qilgandi.












