Özbekiston Respublikasi prezidenti saylovini ötkaziş böyiça saylov okruglari tuzildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yiğilişi 2021 yil 9 avgust kuni bölib ötdi. Unda Özbekiston Prezidenti saylovini ötkaziş böyiça saylov okruglarini tuziş va ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan ötkaziş masalalari körib çiqildi.
Yiğilişda muhokama qilinadigan birinçi masala böyiça Markaziy saylov komissiyasi raisining örinbosari B.Qöçqorov ma'lumot berdi, u yiğiliş qatnaşçilariga Özbekiston Prezidenti saylovini ötkaziş uçun saylov okruglarini tuziş töğrisidagi qonun hujjatlari talablari, ularning vazifalari, tuziladigan okruglar röyxati, ularning çegaralari, saylovçilar soni va okrug saylov komissiyalari joylaşgan joy haqida ma'lumot berdi.
Har bir saylov okrugidagi saylovçilar soni yiğiliş ötkazilgan sanagaça saylov jarayonlarini boşqariş axborot tizimining ma'lumotlari asosida aniqlangan.
Okrug saylov komissiyalarining joylaşuvi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan ta'minlanadi.
Saylov kodeksining 9-moddasiga muvofiq, Özbekiston Prezidenti saylovini ötkaziş böyiça saylov okruglari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri çegaralari doirasida Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasi yiğilişida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri hududlarida Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkaziş uçun 14 ta saylov okruglari tuziş töğrisida qaror qabul qilindi.
Ta'kidlanişiça, saylov okruglari röyxati, ularning çegaralari, saylovçilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylaşuvi körsatilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi.
Yiğilişda, şuningdek, OAV vakillarini akkreditatsiya qiliş masalasi ham muhokama qilindi.
Ta'kidlanişiça, Markaziy saylov komissiyasi ommaviy axborot vositalari bilan özaro aloqa qiliş, saylov jarayoni iştirokçilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlaş, saylovoldi taşviqoti davrida obektiv ma'lumotlarni keng qamrovda, tezkor va mustaqil tarqatiş masalalariga alohida e'tibor qaratmoqda.












