Afğoniston moliya vaziri vazifasini bajaruvçi Xolid Painda «Tolibon» hujumlari kuçayişi fonida mamlakatni tark etdi, deb xabar berdi TOLO News telekanali öz manbalariga tayanib.

Moliya vazirligi maktubida aytilişiça, sakkiz oy avval uşbu lavozimni egallagan Painda rasmiy taşrif doirasida mamlakatdan çiqib ketgan. Paindaning örnini uning örinbosari egallagan. Telekanal manbalarining sözlariga köra, Xolid Painda Afğonistonga qaytmaydi.

TOLO News suhbatdoşlari Paindaning Afğonistonni tark etişini mamlakatdagi töqqizta asosiy port «Tolibon» nazoratiga ötgani bilan boğlamoqda, bu davlat daromadlarining teng yarmiga kamayişiga olib kelgan. 

Toliblar 6 avgustdan buyon töqqizinçi şaharni qölga kiritdi. Badaxşon viloyati markazi Fayzobod şahri ham ular nazoratiga ötdi. Avvalroq «Tolibon» Farah, Puli-Xumri, Saripul, Şibirğon, Aybak, Qunduz, Talukan va Zaranj şaharlarini egallagandi.