Jahon futbolining asosiy yulduzi Lionel Messi Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen» klubiga ötdi. «Oltin töp»ning olti karra sohibi, butun faoliyatini «Barselona»da ötkazgan futbolçi La Liga çeklovi tufayli yangi şartnoma tuza olmagaç, katalonlar klubidan ketişga majbur böldi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
5 avgust kuni «Barselona» Messi bilan şartnomani yangilay olmagani va u endi klubdan ketişini e'lon qildi. 8 avgust kuni futbolçi klub bilan rasman xayrlaşdi.
Uşbu yulduz futbolçiga avvalboşdan ikki asosiy da'vogar bor edi: faqat ikki klub - Messining yaqin döstlari töp suradigan va moliyaviy tomondan baquvvat bölgan «PSJ» hamda arab şayxlarining yana bir klubi, Messining yoşlikdagi ustozi Xosep Gvardiola işlayotgan «Mançester Siti». Ammo «şaharliklar» Messi «Barselona»dan ketişi e'lon qilinişi arafasida angliyalik yarimhimoyaçi Jyek Grilişni 100 million funtga sotib oldi va poygadan çiqdi. Parij esa yana bir katta futbolçini erkin agent sifatida safiga qöşib oladigan böldi.
Messini Parijda 9 avgust kuni kutişgan, transfer şu kuniyoq e'lon qilinişi haqidagi xabarlardan keyin parijlik muxlislarning bir qismi aeroportni, boşqa qismi klub stadionini şturm qilişgandi. Köp ötmay Messi hali Barselonadagi uyida, qadrdon dösti Suares va uning oilasi bilan dam olayotgani ma'lum böldi va muxlislar tarqalişdi.
Keyin esa fransiyalik fanatlarni yanada asabiylaştiradigan ma'lumot paydo böldi - Telefoot hamon Messi bilan kelişuvga erişilmagani, şu tufayli u Parijga uçmagani haqida xabar tarqatdi. U qadar işonçli bölmagan La Porteria manbasi esa «Barselona» Messiga yangi taklif bilan çiqqani, u hamon qolişi mumkinligi haqida işonçsiz va şov-şuvli xabar tarqatdi.
Bunday xabarlar «PSJ» xöjayini Tamim ibn Hamadning ukasi Xalifa ibn Hamad tomonidan rad etilib, Messi bilan kelişuv 100 foizga hal bölgani, u yaqin soatlar içida Parijga uçib kelişini aytdi.
Bugun esa L'Equipe naşri argentinalik futbolçi ikki yillik şartnomaga imzo çekişi, kelişuv keyinroq yana uzaytirilişi mumkinligi haqida xabar tarqatdi. Leoning yillik maoşi miqdori 35 million yevroni taşkil etadi.
Bu ma'lumot taniqli sport insayderlari tomonidan tasdiqlandi.
«Barçasi töğri. Lionel Messi «PSJ» futbolçisi böladi. Barçasi sönggi lahzalarda hal qilindi», degan ispan futboliga ixtisoslaşgan sport kolumnisti Gilem Balage.
Seşanba kuni kunduzi u rafiqasi va farzandlari bilan Kataloniya poytaxti aeroportiga keldi. Messi ayni vaqtda Barselonadan Parijga yetib kelgan. Parijda forvard tibbiy körikdan ötadi va şundan keyin tomonlar şartnoma imzolaydi.
Mavzuga oid
«U «Barselona» uçun öynaşda davom etmoqçi edi, ammo yakunda «PSJ»ga ötadigan böldi. Agar bu jamoa unga yoqsa, yana bir yil qolişi mumkin. Uning maqsadi «PSJ» bilan YeÇLda va Argentina bilan Qatardagi jahon çempionatida munosib iştirok etiş», deya qöşimça qilgan Balage.
Ayni vaqtda 34 yoşda bölgan Messi «Barsa» bilan jami 36 sovrin qölga kiritgan va jamoa libosida 778 öyin ötkazib, 672 gol urgan.
Ötgan yil yozida ham Messi «Barselona»dan ketişni istagan, ammo klubning öşa vaqtdagi prezidenti Jozep Bartomeu iste'foga çiqarilişi şarti bilan qolişga rozi bölgandi. Şu yil 1 iyul kuni uning klub bilan şartnomasi muddati yakunlandi va u erkin agentga aylandi. Şundan keyin ham u bilan yangi şartnoma tuzilişiga heç kimda şubha yöq edi, ammo bunday bölib çiqmadi.
Şanba kuni Messi közda yoş bilan klubni tark etdi.
Bugun u Parijda.
Parij klubi Messining samolyoti Fransiya poytaxtiga qönişi bilanoq uning transferini anons qildi. Klub matbuoti tarqatgan rolikdan buni detallardan oson payqaş mumkin edi: Argentina termasi emblemasi va Eyfel minorasi yonida terib qöyilgan olti «Oltin töp», hujjatlar imzolanişi va kiyim almaştiriş xonasida Neymarning «öninçi» va Mbappening «yettinçi» raqamli futbolkalari orasida yana bir futbolka.
Qarzlar yöl qöymadi
Messining özi maoşi ikki barobar qisqarişiga rozi bölgani va «Barsa»da qoliş uçun qölidan kelgan barça işni qilgani haqida gapirdi, ammo La Liganing qat'iy qoidalari va «Barselona»ning 1 milliard yevrodan oşadigan qarzi tufayli şartnoma tuzişning imkoni bölmadi.
Şu tufayli maoş ikki barobar qisqargan taqdirda ham «Barsa»da Messi bilan şartnomani yangilaş imkoni bölmadi. UYeFAning moliyaviy feyr-pley qoidasiga köra (futbol klublari özi işlab topgan puldan köproq xarajat qilmasligi uçun tuzilgan qoida) klublar öz pul aylanmasining 70 foizidan ortiq qismini maoşlarga ajratişiga töğri kelsa, yangi futbolçilarni röyxatdan ötkaza olmaydi.
Messi bilan şartnoma tuzilsa, bu miqdor 100 foizdan oşgan bölardi, hatto uni hisobga olmagan taqdirda ham hozirda «Barsa»da bu körsatkiç 95 foizga teng bölib turibdi va bunday vaziyatda şartnomani uzaytirişning imkoni yöq edi.
«Men Barselonaga juda yoş vaqtimda kelgandim. Öşanda 13 yoş edim. Bugun esa 21 yil ötib rafiqam va uç farzandim bilan ketişga majburman. Klubdagi hammaga rahmat aytişim kerak, bu yerda tasavvur ham qiliş qiyin bölgan ajoyib kunlarni boşdan ötkazdim. Umid qilaman, nima qilib bölsa ham, «Barselona»ga qaytib, klub dunyoda eng yaxşi bölib qolişiga hissamni qöşa olaman», dedi futbolçi xayrlaşuv marosimida köz yoşlarini tiya olmasdan.
Messi Barselonaga bolaligida, 13 yoşida kelgan. Klub asosiy tarkibida 2004 yildan, 17 yoşidan öynay boşlagan. Dastlab 30-raqamli futbolkada töp surgan futbolçi, köp ötmay 10-raqamni öziniki qilgan (Messi «PSJ»da ham 30-raqamda öynamoqçi, Neymar unga 10-raqamini topşirmoqçi edi, ammo argentinalik «önlik»ni brazil futbolçida qoldirdi).
Kelajakni xavf ostiga qöyib bölmasdi
«Barsa» prezidenti Joan Laporta hatto Lionel Messidek futbolçi uçun ham klub kelajagini xavf ostiga qöyib bölmasligini aytib ötdi.
Rasman Messining yillik maoşi miqdori 70 million yevro edi, ammo ispan klubi moliyaviy auditorlari u reklama daromadlari hisobiga bundan ikki barobar köproq işlab topganini hisoblaşgan.
Messi ötgan yildayoq, klubning Çempionlar ligasidagi natijalaridan norozi bölib ketmoqçi bölgandi. «PSJ» - uning moliyaviy talablarini bajara oladigan yagona klub, uni «Barselona»dagi sobiq jamoadoşi Neymar ança vaqtdan buyon öz oldiga çorlab kelardi.
Ammo öşanda Messi qolgan, oila a'zolari Kataloniyada yaşaşda davom etiş istagini bildirgan, qolaversa, yangi rahbariyat YeÇLda ğolib çiqişga qodir yangi loyihani va'da qilgandi.
«PSJ» moliyaviy feyr-pleyni buzmagan holda qanday qilib transferni rasmiylaştiradi?
«Pari Sen-Jyermen» uçun bu transfer - foydali kelişuv. Ular bir yil oldin Messi uçun 500 mln yevro investitsiya qilib, köp muddatli majburiyat olişga tayyor edi, hozir esa futbolçi erkin agent sifatida ança arzonga tuşadigan böldi.
Şu bilan birga, Ispaniyadagi Marca naşrining yozişiça, Yevropa komissiyasi transferni töxtatiş uçun şikoyat yöllagan. Naşr tanişib çiqqan hujjatda qayd etilişiça, bunday şikoyatga «PSJ»dagi moliyaviy holat va klub tomonidan moliyaviy feyr-pley buzilişi ehtimoli asos bölgan.
«2019/2020 yilgi mavsumda «PSJ» daromadlarining 99 foizi futbolçilarga maoş tölaş uçun sarflangan», deydi hujjat mualliflari.
Bu şikoyat Messi va «PSJ» şartnomasiga qanday ta'sir körsatişi hozirça noma'lum.
Qayd etiş kerakki, Messining Parijdagi maoşi miqdori Barselonadagidan kamroq böladi.
The Athletic ma'lumotiga köra, Leoga 25 mln yevro miqdorida maoş tayinlab, yana şunça miqdorda bonus belgilaşadi. L’Equipe esa yiliga 40 mln yevro haqida, insayder Fabritsio Romano — 35 mln yevro (soliqlar çiqarib taşlanganda) va bonuslar haqida yozgan.
Qolaversa, bu yil «PSJ» nihoyat Neymar transferi uçun qarzni uzadi: klub har yili 44,4 mln yevrodan tölab kelayotgandi. Bu Mbappega ham taalluqli — uning uçun 35 mln yevrodan tölab kelişgan. Ha, bu xarajatlar yangi mavsum hisobotida ham aks etadi, ammo keyingi yildan bunday xarajatlar bölmaydi va bu maoşlar vedomostini sezilarli darajada yengillaştiradi. OAV ma'lumotiga köra, «PSJ» barçasi moliyaviy feyr-pleyga töğri kelişi uçun, futbolçilar transferidan 180 mln yevro işlab topişni möljallagan (Mbappeni sotmasdan).
Va nihoyat, klub Messining transferidan tijoriy jihatdan katta foyda köradi — kamida uning futbolkalari sotuvidan.
Klub yaqin orada yangi xaridini rasman e'lon qiladi va Eyfel minorasida uning taqdimotini ötkazadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi