«Joriy yil may oyidan boşlab koronavirusni davolaş böyiça ixtiyoriy şartnoma imzolagan xususiy şifoxonalarga uşbu kasallikni davolaş böyiça ruxsat berilgan edi.
Biroq COVID-19 infeksiyasini davolaşda qatnaşayotgan ba'zi xususiy tibbiyot muassasalari şartnomada körsatilgan talablarga töla amal qilmayapti. U yerdagi bemorlarning barçasi ham belgilangan körsatmalar asosida davolanayotgani yöq.
Jumladan, bemorlarning kasallik tarixlari tahlil qilinganda, ayrim nodavlat klinikalarda kasallarga keragidan ortiq dori-darmonlar, tegişli körsatma mavjud bölmasa-da, bir vaqtning özida ikki va undan ortiq antibiotik va gormonlar buyurilayotgani ma'lum bölmoqda.
Ayrim xususiy klinikalarda esa bemorlarga davolaş standartlariga zid ravişda me'yordan ortiq darajada infuzion suyuqliklar quyilayotgani aniqlanmoqda.
Şuningdek, yetarli bilim va saviyaga ega bölmagan, sanitariya-epidemiologiya qoidalariga hamda Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga rioya qilinmagan bunday şifoxonalarda muolaja olayotgan köplab bemorlar oğir asoratlar bilan ixtisoslaşgan davlat tibbiyot muassasalariga ötkazilmoqda. Bu esa tiğiz iş tartibida faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot muassasalaridagi şifokorlar işini yanada qiyinlaştirmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Zangiota 1-yuqumli kasalliklar şifoxonasi direktori Anvar Husanov bu masalada fikr bildirib, COVID-19 infeksiyasiga çalingan bemorni kasallikning dastlabki bosqiçida turli infuzion suyuqliklar bilan davolaş, bir vaqtning özida bir neça antibiotik va gormonlarni qöllaş xastalikning tez suratda oğir şaklga ötib ketişiga sabab bölişini aytib ötgan.

«Afsuski, bugun uy şaroitida, qolaversa, ba'zi xususiy tibbiyot muassasalarida bemorlarni davolaşda aynan ana şu xatoliklarga yöl qöyilmoqda.
Buning natijasida joriy yil iyun-iyul oyida birgina Zangiota 1-yuqumli kasalliklar şifoxonasiga Toşkent va Sirdaryo viloyatlari hamda poytaxtimizdagi 20dan ziyod xususiy tibbiyot klinikasida davolangan koronavirusga çalingan 31 nafar bemor oğir ahvolda olib kelingan.
Bugunga kelib, uşbu bemorlarning 7 nafari şifokorlarimizning sa'y-harakatlari sabab kasallikdan butunlay soğaygan bölsa, qolgan bemorlar jonlantiriş bölimida davo muolajalarini olmoqda. Eng yomoni, uşbu bemorlar orasida ölim holatlari ham qayd etilmoqda. Bu esa açinarli holatdir.














