"Tolibon" harakati jangarilari Afğoniston hududining 65 foizini nazorat qilmoqda. Bu haqda anonim qoliş şarti bilan YeI vakili ma'lum qildi.
“Hozirda “Tolibon” mamlakat hududining 65 foizini nazorat qilmoqda. Ğarb harbiylarining Afğonistondan olib çiqib ketilişi tufayli Afğoniston qurolli kuçlarining imkoniyati sezilarli darajada çeklandi”, — dedi diplomat.
Uning sözlariga köra, toliblarga qarşi turiş vazifasini 75 mingga yaqin maxsus kuçlar harbiylari bajarmoqda. Afğoniston armiyasidagi harbiylar soni 180 ming nafardan ortiq.
YeI vakilining aytişiça, AQŞ va NATO kuçlarining olib çiqib ketilişi afğon milliy mudofaa va xavfsizlik kuçlarining ruhini tuşirib yubordi. Uning sözlariga köra, logistika muammolari sababli mamlakat harbiy-havo kuçlari maxsus kuçlarning operatsiyalarini köpinça qöllab-quvvatlamayapti.
Avvalroq TOLOnews telekanali Farah şahri "Tolibon" nazorati ostiga ötgani haqida xabar bergandi.
Ma'lumotlarga köra, toliblar Juzjon, Saripul, Qunduz, Nimröz, Tohar va Samangan viloyatlari markazlarini egallagan.













