Qayd etilişiça, 2021 yil 6 iyul kuni M.M. IIV JQBB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilib, öz arizasida Z. ismli şaxs internet ijtimoiy tarmoğidagi «Telegram» messenjeri orqali davlat tomonidan bepul emlaş uçun berilgan Covid-19’ga qarşi vaksinani sotayotgani haqida e'lon bergani hamda uşbu şaxsga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yil 8 iyul kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan Toşkent şahar, Uçtepa tumani, Lutfiy köçasida joylaşgan «Gurman» kafesi röparasida tezkor tadbir ötkazilib, tadbir jarayonida fuqaro A.Z. fuqaro M.Ya.ga 186 dona «Covid-19 Yangi koronavirus recombinant vaksinasi (CHO hujayrasi) ZF-UZ VAC2001»ning har bir dozasini 150 000 sömdan, jami 27 750 000 sömga sotişga kelişib, uşbu pullar hisobidan 1 400 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Ötkazilgan suriştiruv davrida, A.Z. uşbu vaksinalarni Toşkent şahar Yakkasaroy tumanida joylaşgan oilaviy poliklinikalardan birida katta hamşira bölib işlovçi B.S.dan olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan A.Z. hamda B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.