Primero — UYeFA reytingida faqat Angliya premer ligasidan keyingi ikkinçi örinda turuvçi eng kuçli ligalardan biridir. 2003/04 yilgi mavsumda «Valensiya» ğolib çiqqanidan keyingi davrda Ispaniya çempionatida faqat «Barselona», «Real» va «Atletiko» jamoalari ğolib bölişgan. Yangi mavsumni liga özgarişlar bilan boşlaydi: «Real» boş murabbiyligiga Zinedin Zidan örniga Karlo Ançelotti kelgan («Everton»ning sobiq boş murabbiyi), «Valensiya»ga esa «Xetafe»dan Xose Bordalas kelgan. Bundan taşqari, primerani liga tarixidagi eng yaxşi töpurar — Lionel Messi tark etgan. Quyida la liganing 2021-2022 mavsumi böyiça qöllanma.

Futbol böyiça Ispaniya çempionati qaçon boşlanadi?
2021/22 yilgi mavsum 2021 yil 13 avgust kuni boşlanib, 2022 yil 22 mayda yakunlanadi. Dekabrda rojdestvo va yangi yil munosabati bilan ta'til beriladi. Bu mavsumdagi sönggi öyin 19 dekabrga töğri keladi.

Bir yarim yil içida nihoyat stadionlarga köproq odam kirişiga ruxsat beriladi. Ammo koronavirus bilan boğliq ijtimoiy masofa saqlaş qoidalari arenalarni butunlay töldirişga imkon bermaydi. Ispaniya soğliqni saqlaş vaziri Karolina Darias avgustda Primero öyinlari vaqtida stadionlar maksimum 40 foizga töldirilişi mumkinligini bildirgan.

Reglament va çempionat formati
Liganing 20 jamoasi özaro bitta uyda va bitta safarda öyin ötkazadi — har bir jamoa mavsum davomida jami 38 öyinda maydonga tuşadi. Çempion 38 tur yakunida jamğarilgan oçkolar soniga qarab aniqlanadi. Agar ikki yoki undan ortiq jamoa bir xil sonda oçko jamğarsa, örinlar quyidagi körsatkiçlarni inobatga olgan holda taqsimlanadi:
— özaro öyinlardagi oçkolar soni;
— özaro öyinlarda urilgan va ötkazib yuborilgan gollardagi farq;
— özaro öyinlarda urilgan gollar soni;
— barça öyinlardagi gollar böyiça farq;
— barça öyinlardagi urilgan gollar soni;
— feyr-pley reytingi;

Şuningdek, örtaga ligada qoliş, yevrokuboklarga yöllanma oliş va çempionlik masalasi tikilgan bölsa, qöşimça öyin ötkazilişi mumkin.

Mavsum yakunlariga köra eng yaxşi tört klub Çempionlar ligasi guruh bosqiçiga yöl oladi. Beşinçi örinni egallagan jamoa, şuningdek, Ispaniya Kubogi ğolibi UYeFA Yevropa Ligasi guruh bosqiçiga ötadi. Oltinçi örinni egallagan jamoa UYeFA Konferensiyalar ligasi pley-offiga çiqadi. Agar Ispaniya Kubogi finalida 1-6-örinlardan birini egallagan jamoa ğolib bölsa, yevrokubok yöllanmasi çempionatning yettinçi jamoasiga nasib etadi.