“Tolibon” harakati jangarilari Afğonistonning yirikligi böyiça 5-şahri, Nangarhor viloyati markazi Jalolobod şahrini egalladi. Toliblarning ta'kidlaşiça, ular şaharni jangsiz egallaşgan. Jalolobod rahbari tinç aholi hayotini saqlab qoliş uçun şaharni toliblarga topşirişga qaror qilgan.
Poytaxt Kobul va Jalolobod Afğoniston şarqida hukumat qöşinlari nazoratida qolayotgan oxirgi yirik şaharlar edi.
“Jalolobodda janglar yöq, gubernator “Tolibon”ga taslim böldi. “Tolibon”ga şaharga kirişga ijozat beriş tinç aholini saqlab qolişning yagona yöli edi”, deb ma'lum qilgan afğon amaldorlaridan biri.
Mahalliy deputat Abrorulloh Murodning Associated Press axborot agentligiga xabar berişiça, toliblar Jalolobodni oqsoqollar bilan ötkazilgan muzokaralardan keyin egallaşgan.
Jalolobod Pokiston çegarasi yaqinida joylaşgan. Toliblar 1996 yildan 2001 yilgaça ham şaharni öz nazoratida saqlagan.
14 avgust kuni toliblar Termizdan 58 km uzoqlikda joylaşgan Mozori-Şarif şahrini egallaşdi. Balx viloyati markazida “Tolibon”ga qarşi katta kuçlar töplangandi va uning bunday tez qulaşi ham Afğoniston hukumati, ham taşqi dunyo uçun kutilmagan hodisa böldi.
Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani 11 avgustda Mozori-Şarifga taşrif buyurgandi va 2001 yilda toliblarga qarşi amaliyot vaqtida kuraşgan Şimoliy alyansning sobiq yetakçilari bilan uçraşgandi. Şundan keyin mamlakatning şimoliy hududlarini toliblardan himoyalaş uçun xalq mudofaasi qömitalari taşkil etilişi e'lon qilingandi.
Endilikda hukumat nazoratida qolayotgan yagona yirik şahar Kobul bölib qolmoqda.

















