Surxondaryo viloyati Denov tumanidan giyohvandlik moddalari olib uyiga ketayotgan farğonalik şaxs Qaşqadaryoda uşlangan. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 12 avgust kuni Farğona viloyati Uçköprik tumanida yaşovçi I.M. boşqaruvida bölgan «Damas» maşinasi Çiroqçi tumanida joylaşgan «Umakay» YPX maskanida töxtatilgan. Maşina saloni xolislar iştirokida közdan keçirilganda unga ortilgan qişloq xöjaligi maxsulotlari solingan qoplar ustida turgan elektron tarozining körsatkiç qismi (tablosi)da 5 dona oq rangli yelim paket bölaklariga öralgan, ötkir hidli giyohvandlik moddasi topilgan va tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.

Haydovçi I. M.dan mazkur jinoyatga aloqador boşqa aşyolar bor-yöqligi söralganda u öz ixtiyori bilan avtomaşinaning rul qismi va old örindiği tagidan ötkir hidli giyohvandlik moddasiga öxşaş moddalarni olib IIB xodimlariga taqdim etgan.

Dastlabki suriştiruvda M.I. mazkur giyohvandlik moddalarini joriy yil 11 avgust kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida yaşovçi U.N.dan olgani va Qöqon şahriga olib bormoqçi bölgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, I. M.dan olingan gaşiş giyohvandlik vositasining oğirligi 1 kilogramm 47 grammni, opiy giyohvandlik vositasining oğirligi esa 4,8 grammni taşkil etgan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy iş qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.