Özbekiston hududida Afğonistonning ayrim arboblari va etnik guruh rahbarlari bölib turgani yöq. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi ma'lum qildi.
«Sönggi paytlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Afğonistonning ayrim arboblari va etnik guruhlari rahbarlari Özbekiston hududida bölib turgani töğrisidagi xabarlar tarqatilmoqda. Xususan, ularda Aşraf Ğani, Abdulraşid Döstum, Ato Muhammad Nur va boşqalarning nomlari tilga olinmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, bunday xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi», deyiladi xabarda.
15 avgust kuni toliblar Kobulni qurşab olgaç, 2014 yildan buyon mamlakatga rahbarlik qilib kelgan prezident Aşraf Ğani samolyot orqali Afğonistonni tark etgandi, ammo u qayerdaligi hamon noma'lum. OAVda u Markaziy Osiyo mamlakatlaridan biriga yöl olgani aytilgandi.
New York Times naşri Dohadagi muzokaralarda iştirok etayotgan afğon delegatsiyasi vakillaridan biriga asoslangan holda Ğani turmuş örtoği hamda ikki maslahatçisi bilan birga Özbekistonga uçganini aytgandi. Keyinroq prezidentning şaxsiy tansoqçisi Al-Jazeera telekanaliga Ğani Toşkentga uçganini tasdiqladi.
Ammo Özbekiston ham, Markaziy Osiyoning yana ikki davlati Tojikiston va Qozoğiston ham Ğani uşbu mamlakatlardan biriga kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
OAVda, u Ummon sultonligida bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.
Şuningdek, 15 avgustga ötar keçasi Afğoniston şimolidagi Mozori Şarif şahri himoyasida qatnaşgan özbeklar yetakçisi Abdulraşid Döstum va uşbu hududdagi tojiklar yetakçisi Ato Muhammad Nur ham vertolyot orqali Özbekiston hududiga çekingani haqida xabarlar tarqalgandi.














