Afğonistonning oxirgi prezidenti Aşraf Ğani avgust oyida, Kobul “Tolibon” nazoratiga ötişi arafasida mamlakatdan qoçib, Termizga borgan, söng u yerdan qozoq aviakompaniyasi samolyotida BAAga yöl olgan. Bu haqda Afğonistonda çop etiladigan Hasht e Subh Daily (8am.af) gazetasi öz manbasiga tayanib xabar tarqatdi.
Gazetaning qayd etişiça, şaxsini oçiqlamaslikni söragan manba – Kobuldan Aşraf Ğani bilan birga qoçgan 53 kişidan biri. U 15 avgust kuni tongdan to Afğoniston Islom Respublikasi qulagan 16 avgust oqşomigaça bölgan voqealarni sözlab bergan.
Manbaning aytişiça, 15 avgust kuni ertalab soat 9da doimgidek prezident Aşraf Ğani va boşqa rasmiylar iştirokida tonggi yiğiliş bölib ötgan. Yiğilişda Kobuldagi vaziyat beqarorlaşining oldini oliş yuzasidan Vazirlar Mahkamasining şoşilinç majlisini çaqirişga qaror qilingan. Biroq birozdan keyin VM a'zolarining taxminan yarmi yo Kobuldan taşqarida, yo çet elda ekani ma'lum böladi.
Şundan söng, guvohning sözlariga köra, prezident Ğani öz saroyi yaqinida joylaşgan Mudofaa vazirligi binosiga bormoqçi böladi, lekin vazir öz iş joyida emas, Kobul aeroportiga harbiy havo kuçlari bilan muloqot qiliş uçun ketganini bilgaç, bu rejasini ham bekor qiladi.
Manba tuşga yaqin tuşlik qiliş uçun saroy oşxonasiga borişgani, biroq bu vaqtda tuşlik tayyorlab qöyilgan bölsa-da, oşxona xodimlari allaqaçon qoçib ketgani, boz ustiga saroy yaqinidan öq ovozi kelganini aytgan.
Uning hikoya qilişiça, öşa kuni “Tolibon” bilan muzokara ötkazilgan va harakat öz kuçlarini Kobulga olib kirmasligini aytib işontirgan. Natijada xavfsizlik masalalariga mas'ul kotib videomurojaat bilan çiqib, poytaxt aholisini tinçlantirişiga kelişilgan. Ammo şu vaqtda vertolyotlarga çiqiş haqida buyruq böladi.
Qayd etilişiça, xavfsizlik protokollariga muvofiq, prezident saroyi yoki Kobul aeroportida törtta vertolyot doim parvozga şay holatda turgan. Uçib ketişdan oldin prezident tansoqçilari vertolyotlarga çiqib oliş uçun joy talaşişgan, siğmay qolganlar saroyda qolişga majbur bölgan.
Naşrning boşqa bir manbasiga köra, saroy yaqinida öq ovozi eşitilişidan bir neça soat oldin va keyin prezident tansoqçilarining aksariyati öz kiyimlarini özgartirib olgan, ayrimlari saroyni tark etgan. Ular orasida intizom buzilib ketgan, harbiy iyerarxiyaga amal qilinmay qolgan.
Birinçi manbaning hikoya qilişiça, bu törtta vertolyotning parvozi öşa vaqtda Afğoniston havo kengliklarini nazorat qilib turgan AQŞ harbiylari bilan kelişilmagan. Amerikaliklar bilan koordinatsiyada muammo bölgani bois hatto prezident vertolyoti ham xavf ostida bölgan.














