“Epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib Paralimpiadani tomoşabinlarsiz ötkazişga qaror qilindi”, deb aytilgan xabarda.
Gap Tokiodagi va unga qöşni Tiba, Saytama va Sidzuoka prefekturalaridagi arenalar haqida bormoqda.
NHK telekanali ma'lumotlariga köra, Paralimpiadaga umumiy hisobda 770 mingga yaqin çipta sotilgan. Endi çipta uçun sarflangan barça mablağlar xaridorlarga qaytariladi.
XVI yozgi Paralimpiya öyinlari 25 avgustdan 6 sentyabrgaça qadar davom etadi. Ularda 160ta davlatdan 4,4 ming sportçi iştirok etadi. Sportçilar 22ta sport turi böyiça 540ta medallar komplekti uçun özaro musobaqalaşişadi.
12 iyuldan Tokioda koronavirus yuqtiriş holatlari köpaygani sababli favqulodda holat amal qilmoqda. Oxirgi haftalarda Yaponiya poytaxtida rekord darajada kunlik kasallaniş holatlari qayd etilmoqda. 13 avgustda mamlakatda va xususan Tokioda rekord sonda kunlik kasallaniş holati qayd etildi – mos ravişda 20293ta va 5773ta. Bu Olimpiada boşlanişi oldidan mamlakatda qayd qilingan kunlik kasallaniş darajasidan 3 marta köproqni taşkil qiladi.
23 iyuldan 8 avgustgaça ötgan Tokio Olimpiadasining aksariyat musobaqalari tomoşabinlarsiz ötgandi.












