Afğoniston sobiq birinçi vitse-prezidenti Amrulla Solih xalqni toliblarga qarşi kuraşişga çaqirdi, deb xabar bermoqda Interfaks.
«Biz afğonlar Afğoniston Vetnam emasligini, toliblar esa Vetkong emasligini isbotlaşimiz kerak. AQŞ/NATOdan farqli ölaroq, biz ruhimizni tuşirmadik va oldinda ulkan imkoniyatlarni köryapmiz. Qarşilik körsatişga qöşiling», — deb yozdi Solih Twitter’da.
U şuningdek, hozirgi şaroitda özini davlatning qonuniy rahbari sifatida körayotganini aytdi.
«Afğoniston konstitutsiyasiga muvofiq, prezident yöqligida, qoçib ketganida, iste'foga çiqqanida yoki vafot etganida birinçi vitse-prezident prezident vazifasini bajaruvçi hisoblanadi. Ayni vaqtda men öz mamlakatimdaman va qonuniy prezident hisoblanaman», — deya qayd etdi Solih.
Afğonistonning sobiq ikkinçi vitse-prezidenti Sarvar Doniş Kobuldan Istanbulga uçib ketgani aytilmoqda.
Afğoniston sobiq prezidenti Aşraf Ğani 15 avgust kuni mamlakatni tark etgandi. Uning qayerda ekanligi hozirça aniq emas.


















