AQŞ prezidenti Jo Bayden va Britaniya boş vaziri Boris Jonson Afğonistondagi vaziyat böyiça keyingi hafta “Katta yettilik” davlatlarining sammitini ötkazişga kelişib oldi.

Afğoniston böyiça umumiy strategiya va yondaşuvni muhokama qiliş maqsadida ötkaziladigan sammit onlayn şaklda bölib ötadi.

Ikki yetakçi telefon suhbati davomida Afğonistondan öz hamyurtlarini evakuatsiya qilişda iştirok etayotgan öz davlatlari harbiylari va fuqarolarining jasoratini ta'kidlab ötgan. Bundan taşqari, ular Afğoniston böyiça hamkorlikni davom ettiriş va afğon xalqi hamda qoçqinlarga insonparvarlik yordamini körsatiş zarurligini ta'kidlab ötişgan.

Avvalroq AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Jyeyk Sallivan Vaşington “Tolibon” Afğoniston böyiça öz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarişi uçun unga qarşi sanksiyalar kiritişi mumkinligini aytgan. “Tolibon” Kobulni egallab olgandan keyin bergan ilk matbuot anjumanida mamlakat iqtisodiyotini kötarişga, giyohvand moddalar işlab çiqarilişini töxtatişga, ayollar huquqlarini şariat qonunlariga muvofiq ta'minlaşga va'da bergan. 

16 avgustda toliblar vakili Muhammad Naim Afğonistondagi uruş yakunlangani va mamlakat töliq egallab olinganini e'lon qildi. Öşa kuni Bayden Afğonistondan qöşinlarni olib çiqiş qarori töğri bölganini, biroq u yerdagi vaziyat kutilgandan tezroq keskinlaşib ketganini aytgan. Uning aytişiça, mamlakat rahbariyati taslim bölgan, harbiylar esa toliblarga qarşi kuraşdan boş tortgan.

Keyinroq AQŞ prezidenti afğon qoçqinlariga 500 mln dollar ajratilişini e'lon qilgan.