Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Istanbuldagi kemasozlik qömondonligida ötkazilgan Pokiston MILGEM Corvette loyihasi marosimida iştirok etdi. Pokiston prezidenti Orif Alvi ham qatnaşgan mazkur tadbirda Turkiya prezidenti Afğoniston-Pokiston munosabatlari va Afğonistondagi vaziyat haqida bayonot berdi.

«Biz Eron orqali kelayotgan afğon muhojirlarining tobora kuçayib borayotgan tölqiniga duç kelmoqdamiz. Buning oldini oliş uçun Pokiston bilan hamkorlikni davom ettirişimiz va kuçaytirişimiz kerak. Sönggi paytlarda ziddiyatlar kuçaygan Afğonistonda tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş uçun Pokistonning zimmasiga muhim vazifalar tuşmoqda. Biz mintaqada va Afğonistonda vaziyatni imkon qadar tezroq barqarorlaştiriş uçun barça sa'y -harakatlarimizni davom ettiramiz», deydi Erdöğan.

Erdöğanning ta'kidlaşiça, Turkiya-Pokiston hamkorligini kuçaytiriş migratsiyaning yangi tölqini va ziddiyatlarning kuçayişiga qarşi kuraşişning yagona yölidir. 

«Tolibon» Kobulda nazorat olib borayotgan ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda afğonistonlik qoçqinlarning Turkiyaga kelayotganiga oid videolar tarqalmoqda.

Erdöğan 11 avgust kuni Kanal D va CNN TÜRK qöşma dasturida bergan bayonotida Turkiya çegarasida «tartibsiz migratsiya» oqimi mavjudligini inkor qilgandi:

«Kimdir ijtimoiy tarmoqlarda börttirib körsatganidek, çegaralarimizda tartibsiz migratsiya oqimi yöq. Hamma bilişi kerakki, Turkiya ötiş joyi – karvonsaroy emas. Biz bu devorlarni bekorga quryapmizmi?» deydi Erdöğan.

Uning ta'kidlaşiça, afğonistonlik noqonuniy muhojirlarning katta qismi Turkiyaning vakolatli idoralari tomonidan Afğonistonga qaytarilmoqda va 2021 yil boşidan ayni paytga qadar 253-300 mingga yaqin tartibsiz migratsiyaning oldi olingan.

Iyul oyida ham Şimoliy Kipr Turk Respublikasidan qaytişida Turkiya prezidenti ba'zi ommaviy axborot vositalari xodimlarining migratsiya oqimi borasidagi savollariga javob