Bugun esa Afğonistonga qilinadigan yordamlarning kelajagi mavhum bölib qolmoqda va şuning uçun ham mamlakatning iqtisodiy ahvoli yanada zaiflaşmoqda.
Garçi Afğonistonda muhim mineral resurslar mavjud bölsa-da, siyosiy vaziyat bu resurslardan foydalanişga tösqinlik qildi.
Mamlakatning taşqi yordamga qaramligi eng yuqori çöqqisiga kötarilgan.
Jahon banki ma'lumotlariga köra, rivojlanişi uçun beriladigan yordam mablağlari mamlakat yalpi milliy daromadining 22 foiziga teng.
Bu yuqori körsatkiç bölsa-da, Jahon banki 10 yil oldin tarqatgan ma'lumotdan – 49 foizdan ança past.
Afğonistonga iqtisodiy yordam körsatiş borasida noaniqlik mavjud.
Germaniya taşqi işlar vaziri Hayko Maas ham ötgan hafta ZDF telekanaliga bergan intervyusida agar toliblar mamlakatni öz nazoratiga olsalar va şariat qonunlarini joriy qilsalar, «bir sent ham» yordam bermasliklarini aytdi.
Boşqa davlatlar ham voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Korrupsiya
Jahon bankining «zaiflik»ka urğu berişi toliblar hokimiyatni qölga olişidan oldin mamlakat xavfsizligi uçun ajratilgan resurslarning köpligi bilan boğliq. Boşqa kam daromadli mamlakatlarda bu körsatkiç örtaça 3 foiz bölgani holda Afğonistonning xavfsizlik uçun ajratadigan budjeti iqtisodiyotining 29 foizini taşkil qiladi.
Xavfsizlik va korrupsiya xavotirlari ham boşqa çuqur ildizli muammoga olib kelmoqda: zaif xorijiy investitsiyalar.
BMT ma'lumotlariga köra, sönggi ikki yil mobaynida çet elliklar tomonidan noldan heç qanday investitsiya kiritilmagan. 2014 yildan buyon e'lon qilingan yangi xorijiy investitsiyalar soni 4tagina xolos.
Agar Janubiy Osiyoning boşqa aholisi kam mamlakatlariga qaralsa, ayni davr mobaynida Nepalda 10 barobar, Şri-Lankada esa 50 barobar köp noldan investitsiya kiritilgan.
Jahon banki Afğonistondagi xususiy sektorni tor, deb ta'riflaydi. Işçi kuçi past qişloq xöjaligi faoliyatiga asoslangan mamlakatda uy xöjaliklarining 60 foizi çorvaçilikdan ma'lum bir miqdorda daromad oladi.
Mamlakatda noqonuniy ma'dançilik va albatta, afyun işlab çiqariş, kontrabanda va şunga öxşaş hodisalar köp. Giyohvand moddalar savdosi esa «Tolibon» uçun muhim daromad manbayi hisoblanadi.














