Sportçining vahşiylarça öldirilişi köpçilikning muhokamasiga sabab böldi. Qarşida uşbu mavzuda matbuot anjumani ötkazildi. Unda içki işlar vaziri Pölat Bobojonov, boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev va Oliy sud raisi Kozim Komilov iştirok etdi. Respublikaning uç yirik mulozimi matbuot anjumanida qatnaşgani Qarşi şahri markazida sodir etilgan uşbu «oşkora qotillik» qançalik diqqat markazida ekanidan dalolat berardi.
Dastlab boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev sözga çiqdi va jinoyat qanday sodir etilgani, unga oid yangi ma'lumotlar bilan örtoqlaşdi.
«Qarşida sodir etilgan bu jinoyat barçamizni larzaga soldi. Marhumning oila a'zolariga yana bir bor ta'ziya izhor qilaman. Eslatib ötişim kerakki, Özbekiston qonunçiligida qonun ustuvorligi ta'minlangan. Ularda inson huquqlarini ta'minlaş muhim omil hisoblanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan investitsiyalar ham Özbekiston tinç bölgani sabab.

Qarşilik Elbek Rahimovning öldirilgani juda açinarli holat. Uşu sporti bilan şuğullangan Rahimov 2011 yildan buyon Boymirzayev bilan adovatda bölgan. Rahimov joriy yil iyul oyida Boymirzayev bilan janjallaşgan. Qasos oliş maqsadida Boymirzayev jinoiy şeriklari bilan tanişi Babayevaning xonadonidan çiqqan Rahimovni piçoq va temir bilan kaltaklaşgan. Keyin Toşli qişloğiga olib borib, yana kaltaklab, Çiroqçi tibbiyot birlaşmasiga taşlab ketişgan.
Babayeva orqali hodisadan xabar topgan Elbek Rahimovning ukasi Akmal Rahimov GPS orqali akasining geolokatsiyasini aniqlagan va maşinada Çiroqçi tumaniga yöl olgan. Yölda akasini urganlarni körib qolgan Akmal Rahimov va şeriklari ular bilan janjallaşgan.
Elbek Rahimov körsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 17 avgust kuni soat 14:00 da vafot etgan. Uning ölimiga boş miyaning jarohatlangani, boş suyagining sinişi, kökrak qafasi va tanasining boşqa qismlaridagi jarohatlar sabab bölgan.
Şu kunning özida jinoyat iştirokçilari barçasining şaxsi aniqlandi. Uşlanganlar himoyaçisi iştirokida söroq qilindi. Voqea joyidan temir bölaklari va pnevmatik töpponça öqi topilgan. Gumonlanuvçilarning maşinasidan esa töpponça topilgan. Tergov işlari olib borilmoqda, tergov ustidan qat'iy prokurorlik nazorati örnatilgan», dedi boş prokuror Yöldoşev.














