Barça sözga çiqqanlar jinoyat böyiça qöşimça ma'lumotlar berişdi. Içki işlar vazirining aytişiça, jinoyatning taşkilotçisi hisoblangan Zuhriddin Boymirzayev 18 avgust kuni 17:05 da Çiroqçi tumanidagi yaşiringan joyidan uşlangan. U jinoyat sodir etilgan kunda yaşiringan. Içki işlar vaziri hozir barça jinoyat iştirokçilari qamoqqa olinganini ma'lum qildi.
Pölat Bobojonovning aytişiça, jinoyat sodir etganlarning ikki nafari voyaga yetmagan va jinoyat iştirokçilarining deyarli barçasi notinç oila farzandlari bölgan. Xususan, Boymirzayevning otasi öz ukasining xotinini öldirib, qamoqda ötirgani aytildi. Şuningdek, Boymirzayev qotillik taşkilotçisi bölgan boşqa bir yigit bilan bir uyda yaşagan.
Boş prokuror Yöldoşevning aytişiça, jinoyat sodir etilgan joydan pnevmatik töpponça öqi topilgan. Şuningdek, gumonlanuvçilarning maşinasidan töpponça topilgan.












