Sudyalar oliy kengaşi may oyida ötkazgan matbuot anjumanida murdadan “körsatma olgan” xorazmlik sudyaning harakatlari örganilib, ma'lumot berilişi aytilgandi. Biroq ikki oydan köproq vaqt ötdiki, bu haqda ma'lumot berilmadi.
Kun.uz muxbiri kengaşning navbatdagi matbuot anjumanida şu masalada izoh söradi.
Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov bu holat kengaşda örganib çiqilgani va öz tasdiğini topganini bildirdi. Biroq, sudyaga nisbatan çora qöllaş muddati ötib ketgani tufayli uşbu masala yopilganini ta'kidladi.
“Voqelik 2016 yilda sodir bölgan. 2018 yilda Kun.uz'da şu haqda yozib çiqilganidan söng jamoatçilikka oşkor bölgan. Hozir 2021 yildamiz. Demak, voqelik sodir bölganidan söng oradan qariyb 5 yil ötyapti. Bu öz-özidan sudyaga nisbatan intizomiy çora qöllaş muddati ötib ketganini bildiradi. Muddat ötib ketgani uçun sudyaga nisbatan çora qöllaşga asos yöq deb hisobladik”, – deydi kengaş matbuot kotibi.
Ma'lumot uçun, 2018 yilda Kun.uz saytida berilgan maqolada fuqarolik işlari böyiça Şovot tumanlararo sudining raisi bir muddat oldin ölgan şaxs göyoki tirik bölgani va sudda u bergan guvohlik körsatmasini işonçli deb hisoblagani, şunga asosan noxolis qaror çiqargani haqida söz yuritilgandi.











