Bayonnoma Özbekiston Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Xitoy Boş bojxona ma'muriyati örtasida imzolangan.

Agentlik axborotiga köra, kelişuvga asosan, limon eksport qiluvçi tadbirkorlar uçun quyidagi asosiy talablar belgilangan:

  • limon yetiştiriladigan boğlar, issiqxonalar va qadoqlaş korxonalari Özbekiston va Xitoy karantin xizmatlarining birgalikdagi röyxatidan ötkazilişi;
  • mahsulot zararkunandalar, çirigan va söligan mevalar, novdalar hamda barglar, ildizlar va tuproqdan xoli bölişi;
  • limon yetiştiriladigan boğlar, issiqxonalar va qadoqlaş korxonalari Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi inspektorining doimiy nazoratida bölişi, mahsulotni qadoqlaş, saqlaş va taşiş inspektor nazorati ostida amalga oşirilişi;
  • zararlanişning samarali oldini oliş uçun limonga işlov beriş jarayonida profilaktik sterilizatsiya qilinişi;
  • qadoqlaş materiallari sanitar toza va avval işlatilmagan bölişi, tegişli fitosanitariya hamda soğliqni saqlaş talablariga javob berişi;
  • har bir qadoqlaş qutilarida ingliz tilida mevaning nomi, yetiştirilgan joyi, boğlar, issiqxonalar va qadoqlaş korxonalari nomi yoki röyxatdan ötkaziş raqami kabi ma'lumotlar qayd etilişi lozim.

Mahsulot sotilişi böyiça taqiqlarning oldini oliş maqsadida limon mahsulotini Xitoyga eksport qiliş istagida bölgan tadbirkor va dehqonlar Ösimliklar karantini va himoyasi agentligiga murojaat qilişlari mumkin.

Ma'lumot uçun, ayni paytga qadar Özbekistonda yetiştirilgan limon mahsuloti Hindiston, Yaponiya, Myanma, Gana kabi davlatlarga eksport qilinib kelingan.