Toliblarning hokimiyatga kelişi. Kobul nima uçun bunça tez quladi?
|00:15 / 19.08.202166 56011 min
Toliblarning yaşin tezligidagi hujumlari afğon hukumati va xalqaro hamjamiyatni doğda qoldirdi. Heç kim Kobul amerikalik harbiylar va uning ittifoqçilari olib çiqilişi jarayoni yakunlanişidan oldin qulaşini kutmagandi.
Foto: AR/TASSFoto: AR/TASS
«Tolibon» bir neça oy içida qanday qilib butun Afğonistonni egalladi, NATO tomonidan qurollantirilgan va öqitilgan mahalliy armiya uni töxtata olmadi? BBC rus xizmati röy bergan hodisalarning sabablarini sanadi.
Korrupsiya va jangovar ruhning yöqligi
«Biz 20 yil içida uç trillion dollardan ortiq mablağ sarfladik. Biz afğon xavfsizlik kuçlari uçun 300 mingdan ortiq kişini öqitdik va zamonaviy texnikalar bilan qurollantirdik», dedi AQŞ prezidenti Jo Bayden ötgan haftada.
20 yillikda birgina amerikaliklarning Afğoniston armiyasi uçun sarflagan mablaği 83 milliard dollardan ortiqni taşkil etgan.
300 ming kişi - Afğoniston hukumatining kuç işlatar tuzilmalardagi şaxsiy tarkibi böyiça rasmiy raqam: armiya, harbiy-havo kuçlari va politsiya.
Toliblarning asosiy kuçlari esa, AQŞning Vest-Poyntdagi harbiy akademiyasi hisoblariga köra, 60 ming kişi atrofida; turli manbalar 75-80 minggaça raqamlarni keltiradi.
Ammo Birlaşgan Qirollik mudofaa tadqiqotlari instituti vakili Jyek Uotlingning fikriça, aslida afğon armiyasi rahbariyati ham öz ixtiyoridagi barça harbiylarning aniq sonini bila olmagan.
Hukumat armiyasi uçun xizmatga çaqiruv jarayoni heç qaçon maromiga yetkazilmagan, armiya hamişa dezertirlik, korrupsiya, ulkan yöqotişlar va jangovar ruhning juda past darajada bölişidan aziyat çekkan. Ayrim qömondonlar faqat hujjatlarda qayd etilgan «arvoh askarlar» uçun maoşlarni özlaştirib kelişgan.
Foreign Policy jurnali korrespondenti Linn ÖDonnell mamlakat mudofaa vazirligi va içki işlar vazirligi korrupsiya botqoğiga botgani haqida yozgan. Uning ma'lumotlariga köra, politsiyaçilar oylar davomida maoş olişmagan, harbiylar doimiy ravişda maoşlar tölanişi keçikişidan şikoyat qilib kelişgan.
Newsnight manbasi ham Kobuldagi hukumat tezda qulaşining asosiy sababi sifatida Afğoniston armiyasidagi harbiylar soni raqamlardagidan olti barobar kam bölgani, «Tolibon» jangarilari soni esa hisob-kitoblardagidan ikki barobar köpligini aytgan.
Vaziyatdan xabardor bölgan ikki manba afğon armiyasi harbiylari soni aslida 50 ming kişi atrofida bölganini tasdiqlagan. BBC bilan suhbatda bölgan yuqori martabali amaldorlardan biri mamlakat mudofaa vaziri hamda sobiq taşqi işlar vaziri örtasidagi suhbatda şunday raqamlar keltirilganini aytgan.
Mavzuga oid
Yana bir manba, xalqaro terrorizm böyiça ekspert Sajan Goel ham 50 minglik raqam hayotga yaqinroq deb hisoblaydi.
AQŞ harbiy-havo kuçlarining iste'fodagi admirali Mayk Mallen CNN telekanaliga bergan intervyusida amerikaliklar va uning ittifoqçilari korrupsiyaning mamlakat mudofaa qobiliyatiga ta'siriga yetarliça baho bera olmaganini aytgan. Uning hisoblaşiça, korrupsiya afğon armiyasining mağlubiyatidagi yagona omil bölmasa-da, asosiysi bölgan.
Prezident Bayden Afğonistondan harbiylarni olib çiqiş qarorini bir neça bor himoya qildi / POOL
Afğon harbiylari aksar hollarda mamlakatning boşqa hududlarida, qarindoş va tanişlari yöq bölgan joylarga xizmat qiliş uçun yuborilgan va bu ham ular pozitsiyalarini jangsiz boy berişi omillaridan biri bölib xizmat qilgan - askarlar tezroq öz yurtiga yetib oliş va oilasini himoya qilişga intilgan.
AQŞ harbiy-havo kuçlarining iste'fodagi yana bir admirali Jyeyms Stavridis öz intervyusida amerikaliklar va ularning ittifoqçilari Afğonistonda ğarb namunasidagi doimiy armiyani tuzişga urinib, xato qilganini qayd etadi. Uning hisoblaşiça, buning örniga toliblarnikiga öxşaş, zamonaviy texnikalar va havodan qöllab-quvvatlovga muhtoj bölmagan mobil otryadlar tuziş kerak edi.
Amaldagi hokimiyat legitimligi masalasi
Prezident Aşraf Ğani korrupsiyada va saylovdagi qoidabuzarliklarda ayblanadi / Reuters
Keng tarqalgan korrupsiya - amerikaliklar kirib kelgaç saylangan prezidentlar - Hamid Karzay va Aşraf Ğani hukumati afğon jamoatçiligining katta qismi tomonidan legitim deb hisoblamasligi omillaridan biridir.
Ğani 2019-2020 yillardagi saylov jarayoni yakuniga köra ikkinçi muddatga saylanadi, bu saylov bir neça oy davom etib, saylovdagi qoidabuzarliklar böyiça ayblovlar bilan keçadi.
Ovoz beriş jarayonida 40 millionlik aholidan 2 milliondan kamroği qatnaşadi. Ğanidan avvalgi prezident Karzay uning inauguratsiyasiga kelmaydi.
CNN tahlilçisi Farid Zakariyoning fikriça, afğon hukumati xorijiy kuçlar hisobiga yaşab turgani uçun ham legitimlikka erişa olmagan.
Amerikalik iste'fodagi diplomat Karter Malkasyan Afğonistonda, boşqa davlatlarda bölgani kabi, mahalliy aholi öz yerida xorij askarlari, ayniqsa boşqa dindagilar bölişini istaşmasligi haqida fikr bildirgan.
Afğonlar köplab xorijiy bosqinçilarni quvib yuborişgani bilan faxrlanib kelişadi, “Tolibon” esa bundan öz taşviqoti uçun unumli foydalangan, Vaşingtonga qaram hukumat esa - yöq.
“Afğonistondagi köplab erkaklar va ayollar uçun AQŞning mamlakatdagi mavjudligi muammo edi. Bu esa “Tolibon”ga amaldagi hukumat - xorijliklarning qöğirçoği ekani haqida gapirişga imkon berardi”, deydi Malkasyan.
Unherd naşri tahlilçisi Aris Russinos Amerika generallari va ularning britaniyalik ittifoqçilari "partizanlarga qarşi uruşlar" böyiça doktrinaga (COIN) tayanişgani haqida yozadi, unga köra, interventlar infratuzilmalar loyihalari va investitsiyalari orqali hukumatning qonuniyligini ta'minlaşga erişişlari mumkin.
Publitsist bu hal qiluvçi xato bölgan deb hisoblaydi - aynan afğon hukumati xorijiy derjavalarga öta qaram bölgani uni keng xalq ommasi qöllab-quvvatlovidan mahrum qilgan.
Toliblarning taşviqoti
Jangarilar mahalliy aholini qörqitişgan va hamkorlik qilişga köndirişgan / EPA
Toliblar sönggi yillar mobaynida mahalliy aholi bilan metodik işlar olib borişgan va oqsoqollarning qöllab-quvvatloviga, ular esa hukumat askarlarini taslim bölişga köndirişiga erişişga uringan.
International Crisis Group ekspertlari yozişiça, jangarilar çekka hududlarda dezinformatsiya, tahdidlar, zöravonliklar hamda hamkorlik evaziga afv etiş va'dalari bilan jamoalarni öz ta'siriga oğdirişgan.
Toliblar tomonidan ikkinçi viloyat markazi bölgan Şibirğonning yuqori martabali amaldorlaridan biri "Frans press" agentligiga bergan intervyusida hukumat harbiylari esa "Tolibon"ning keng taşviqot kampaniyasi tufayli jangovar ruhini yöqotgani haqida aytadi.
U şahar himoyaçilarining asosiy qismi toliblar kelişidan oldinroq qurollarni taşlab qoçib ketganini qöşimça qilgan.
Ekspertlar jangarilar kontrabanda va narkotiklar orqali katta mablağ işlaşini aytişadi / AFP
Toliblarning resurslari AQŞning milliardlab investitsiyalari bilan tenglaşa olmasa-da, harakatning ham öz daromad manbalari bölib kelgan. Newlines Institute tadqiqot markazi vakili Komron Bohariyning aytişiça, ular giyohvandlik moddalari savdosidan, xususan opiumdan, kontrabanda orqali katta pul topişgan, şuningdek, öz nazoratidagi hududlarda yer soliği yiğişgan, fermerlar va boşqa tadbirkorlar ham ularga uluş berib faoliyat olib borişgan.
NATO tomonidan buyurtma qilingan yopiq hisobotda aytilişiça, 2020 yilda toliblar toğ-kon sanoati orqali 464 mln dollar, giyohvand moddalar savdosi orqali 416 mln dollar işlab olişgan, 240 mln dollar xorijiy donorlardan, yana 240 mln dollar - mahsulotlar eksportidan kelgan, şuningdek, soliqlar orqali 160 mln dollar yiğilgan (“Ozodlik Radiosi” ma'lumoti).
Afğonistonda sovetlar bosqinidan keyin juda köp öqotar qurollar qolgan. Bu yil esa hukumat qöşinlari ustidan har bir ğalabadan keyin toliblar amerikaliklar tomonidan berilgan köplab zamonaviy qurollar, “Hamvi” rusumli zirhli texnikalar, tungi köriş moslamalari va artilleriya qurollarini qölga kiritişdi.
Aqlli diplomatiya
Bu safar toliblar mamlakatni faqatgina harbiy yurişlar bilan emas, balki diplomatik sa'y-harakatlar bilan ham nazoratga oldi. Harakatda yagona rahbar mavjud emas - uni siyosiy yetakçilar guruhi boşqaradi, ularning asosiy qismi Qatar poytaxtidagi qarorgohdan turib işlaydi.
Dohadagi uçraşuvlarda ular amerikalik diplomatlarni bundan buyon “Al-Qoida” rahbarlarini yaşirmasliklari, beşafqat jazo usullaridan voz keçişlari hamda ziddiyatni tinç yöl bilan hal etiş tarafdori ekanliklariga işontirişdi.
Toliblar öz sözlarida turişmadi - ammo bu ma'lum bölganida amerikalik harbiylar olib çiqib bölingandi va Bayden bu jarayonni töxtatişni istamadi.
“Bugungi “Tolibon” özini xalqaro miqyosda ham, mahalliy darajada ham çiniqqan va layoqatli diplomatik öyinçi sifatida namoyiş etmoqda”, deb hisoblaydi jurnalist Aris Russinos.
Harakatning siyosiy rahbariyati Rossiya va Xitoy bilan muzokaralar olib bordi hamda öz kuraşini Afğoniston çegaralaridan taşqariga çiqarmaslikni va'da qildi. Toliblar delegatsiyasi Xitoy va Rossiya taşqi işlar vazirliklari tomonidan qabul qilindi.
"Tolibon" Xitoyni xalqaro legitimlik manbayi, bölğusi iqtisodiy homiy va ittifoqçisi Pokistonga ta'sir körsatiş vositasi sifatida köradi”, deya yozadi Wall Street Journal gazetasi korrespondenti Çao Den.
Pokiston va Fors körfazi mamlakatlari kömagi
Aynan Pokistonning qöllab-quvvatlovi “Tolibon” muvaffaqiyatlaridagi asosiy omil bölib xizmat qildi.
Rasmiy Islomobod Afğonistondagi fuqarolik uruşi masalasida betaraf ekanini aytib keladi, ammo ekspertlar Pokiston özining şimoldagi toğli hududlarida "Tolibon"ning dala qömondonlarini yaşirib kelişi hamda ularga öz kuç işlatar tuzilmalari orqali doimiy yordam körsatib keladi, deb hisoblaydi.
Toliblar harakati 1990-yillarda aynan Pokistonning Afğoniston bilan çegaradoş hududlarida, SSSR tomonidan qöllab-quvvatlangan kommunistik hukumatga muxolif kuç sifatida paydo bölgan.
Karnegi markazi eksperti Oqil Şohning fikriça, avvalboşdan toliblarga Pokiston razvedka xizmati (ISI) yordam körsatgan.
Vaziriston viloyati - Pokistondagi toliblarning asosiy tayançlaridan biri / Getty Images
Hozirda toliblarning harbiy-siyosiy kengaşi bölmiş “şöro”ning qarorgohi Pokistonning Belujiston viloyatida joylaşgan.
Oqil Şoh Pokiston armiyasi va razvedkasi hamon “Tolibon”ga yordam körsatib keladi deb hisoblaydi, jangarilar va qurollar çegara orqali erkin ötişi, jarohatlangan jangarilar Pokistondagi şifoxonalarda davolanişi, ular Pokiston pasporti bilan sayohat qilişlari hamda yirik şaharlarda bizneslarini yölga qöyiş imkoniyatiga egaliklari bunga dalil sifatida keltiriladi.
Toliblarning hokimiyatga kelişi munosabati bilan Pokiston xavfsizlik xizmati afğon razvedkasi ustidan töliq nazorat örnatişi mumkin böladi, oldingi hukumat razvedka xizmati pokistonliklarning azaliy duşmani hisoblangan Hindiston bilan yaqindan hamkorlik qilişda gumonlangan.
New York Times gazetasi Pokiston toliblarga homiylik qilişini Saudiya Arabistoni ham norasman qöllab-quvvatlaydi, saudiyalik şayxlar va biznesmenlar toliblarni moliyalaştiradi.
Pokiston, Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari 1990-yillarda toliblarning amirligini tan olgan uç davlat bölgandi.
Fors körfazidagi yana bir badavlat davlat Qatar esa "Tolibon"ning siyosiy rahbariyatiga Dohadan boşpana bergandi.