Afğonistonda mustaqillik kuni bayrami nişonlanayotgan payşanba kuni «Tolibon» harakati AQŞ ustidan ğalaba qozonilganini e'lon qildi, deb xabar berdi CNN telekanali.

«Allohga hamd-sanolar bölsin, bugun biz Britaniya istilosidan mustaqillikka erişganimizni nişonlayapmiz (1919 yildagi uçinçi ingliz-afğon uruşi yakunlari böyiça – tahr.), şu bilan birga, Xudoning marhamati va jihod qarşiligi bilan boşqa bir qudratli va takabbur kuçni yengdik va Afğonistonning pokiza yeridan çiqib ketişga majbur qildik», — deyiladi «Tolibon» bayonotida.

Toliblar bayonotiga köra, Afğoniston xalqi «ketma-ket uç asr davomida uç imperiya» ustidan ğalabaga erişdi. CNN aniqlik kiritişiça, bular Buyuk Britaniya, SSSR va AQŞdir.

15 avgust kuni «Tolibon» harakati Afğonistonda hokimiyatni egalladi. Mamlakat prezidenti Aşraf Ğani va boşqa qator amaldorlar Afğonistonni tark etdi.