24-31 avgust kunlari Venetsiya Xalqaro arxitektura biyennalesida Özbekistonning birinçi Milliy pavilonida Madaniyat va san'at rivolantiriş jamğarmasi tomonidan bir qator ma'ruzalar, davra suhbatlari hamda oçiq film namoyişi taşkil etilmoqda.

Venetsiyada ötkazilayotgan 17-Xalqaro arxitektura biyennalesida Özbekiston milliy paviloni 22 may kuni öz eşiklarini oçgan edi. “Mahalla: şahar va qişloq hayoti” loyihasi Özbekistonning mazkur xalqaro anjumandagi debyuti böldi.

Pavilon komissari – Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasining We Exhibit'ga tayanib ma'lum qilişiça, şu kungaça Özbekiston milliy paviloniga 20 mingga yaqin odam taşrif buyurdi.

Loyiha mahallaning madaniy merosini tuşuniş va hujjatlaştiriş zarurligi ğoyasiga asoslangan bölib, u Özbekistonning madaniyat sohasidagi mutaxassislari va arxitektura böyiça xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda amalga oşirildi. Fanlararo loyiha mahalla me'morçiligi va hayotining turli jihatlarini örganişga asoslangan bölib, Özbekistonning madaniy-me'moriy an'analarini ijodiy aks ettirişga qaratilgan keng qamrovli akademik tadqiqotlar va ifodali badiiy mulohazani birlaştirgan.

Töplangan ma'lumotlarga va xorijiy mutaxassislarning keng doirasiga asoslanib, taşkilotçilar “Mahalla hikoyalari” deya nomlangan bir qator tadbirlarni ötkazişni közlaşgan. “Mahalla hikoyalari” – bu “La Biennale di Venice” 17-Xalqaro arxitektura körgazmasida Madaniyat va san'at rivolantiriş jamğarmasi tomonidan işlab çiqilgan ta'lim va madaniy tadbirlar ketma-ketligi. Uşbu tadbirlarda nafaqat loyiha kuratorlari va rassomlari, balki taklif qilingan ma'ruzaçilar ham spiker sifatida çiqişlar qilişadi.

24 avgust kuni Özbekiston pavilonida ötkaziladigan dasturni “Şodiyona” özbek an'anaviy karnay va surnayçilar musiqa ansambli