“Köp yillar Andijonda zavodimiz bor, deb faxrlanib yurdik. Soliqlardan ozod qildik, imtiyozlar berdik. Lekin u zavod xalqimizga manfaat keltirmadi. Eksportdagi özimizning avtomobil içki bozorimizdan arzon sotildi. Endi bu muammolarni bartaraf qilyapmiz. 

Oldinlari paxtani yiliga köpi bilan 1 mlrd dollarga sotardik. Lekin hozir Andijon viloyatining özi qayta işlaş ortidan bundan köp eksport qilyapti. Tadbirkorlar tomonidan, köplab murojaatlarda biznesni moliyalaştiriş manbalarini yanada köpaytiriş maqsadida, nobank kredit taşkilotlarini oçiş va yuritişga bölgan mavjud talablarni kamaytiriş va yengillaştiriş söralgan.

Şuning uçun, joriy yil 1 oktyabrdan mikromoliya taşkilotlarini litsenziyalaş tartibi töliq bekor qilinadi. Endi, ular faoliyatini boşlaşi uçun faqatgina Markaziy bank reyestriga kirişlari kifoya.

Şuningdek, bundan buyon, ularga kassa xonalari taşkil etiş, hududlarda filiallar oçiş uçun Markaziy bankning roziligini oliş şart bölmaydi. Ular tomonidan tadbirkorlarga beriladigan mikrokredit (300 million söm) va mikrolizing (600 million söm) uçun amaldagi çeklovlar ham, olib taşlanadi.

Şu bilan birga, mikromoliya taşkilotlariga boşqa taşkilotlardan mablağlar jalb qiliş, obligatsiyalar çiqariş huquqlari ham beriladi. Şuningdek, uşbu taşkilotlar, xuddi banklar kabi, tölovlarni qabul qiliş vakolatiga ham ega böladilar. Umuman, uşbu yangi imkoniyatlar hisobidan ham, kredit bozorida tadbirkorlarimiz uçun, yiliga qöşimça 10 trillion söm mablağ şakllanadi”, deya prezident sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.