Odilovaga köra, koronavirus bilan kasallanib, şifoxonada yoki uyda davolangan bemorlarda kasallikning darajasiga köra, quyidagi belgilar muayyan muddatga saqlanib qoladi:
- umumiy holsizlik;
- ta'm va hid sezmaslik;
- iştaha pastligi;
- muşaklardagi oğriq;
- ruhiy nomutanosiblik (tuşkunlik, uyquçanlik yoki uyqusizlik)
- respirator belgilar (yötal, nafas oliş qiyinçiligi, kökrak qafasidagi oğriqlar.
Bunday holatlarda bemorning parvarişi va kun tartibini taşkillaştirişda nimalarga ahamiyat beriş kerak?
- Bemorlar uçun alohida şaroit yaratiş, kiriş-çiqiş va muloqotlarni çeklaş.
- Bemor yotoqxonasini tez-tez şamollatiş, xona haroratini 24 darajadan pasayib ketmasligiga erişiş (konditsioner va ventilyatordan foydalanmaslik), kuniga 2-3 mahal namli tozalaş işlarini ötkaziş.
- Bemor faqat yotoq holatda bölişining oldini oliş (dam-badam kuniga 4-5 mahal ötiriş va bunda nafas oliş maşqlari hamda yengil gimnastika maşqlarini bajariş, parvarişlovçi şaxs tomonidan kökrak qafasi va oyoq-qöllarini yengil uqalaş).
- Bemorning şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinişini ta'minlaş (qöllarini tez-tez yuviş, tişlarni tozalaş, holatiga köra kuniga 1 mahal duş qabul qiliş, yotoq bemor tana qismlarini nam soçiq bilan artiş).
- Bemorning ovqatlanişiga ahamiyat beriş, bunda kuniga 2 litrdan kam bölmagan miqdorda suyuqlikni kam-kamdan tez-tez içiş (muzdek, şirin-gazli va energetiklar, spirtli içimliklardan çeklaniş); kuniga 6-7 mahal yengil ovqatlaniş (ratsionda sut mahsulotlari, meva-sabzavot va kökatlar, dukkakliklar, yormalar bölişini ta'minlaş, yoğsiz göşt, ayniqsa parranda göştlarini iste'mol qiliş hamda kuçli qovurilgan, yoğli va hazmi qiyin bölgan xamirli taomlar, tarkibida tuz, şakar va yoğ miqdori köp bölgan ovqatlar, fast-fudlarni çeklaş);
- Jismoniy faollikni unutmaslik (ertalabki badantarbiya va kun davomidagi yengil jismoniy maşqlar, hattoki yotoqli bemorlar uçun ham foydali, şuningdek, holatga köra toza havoda sayr).
- Bemorni qöllab-quvvatlaş, stresslardan ehtiyot qiliş, kayfiyatini kötariş, yaxşi hamsuhbat böliş, tölaqonli uxlaşini ta'minlaş, telefon yeki televizorda xayajonlaniş, asabiylaşişga undovçi körsatuv va filmlarni tomoşa qilmaslik, kitob öqiş, sevimli maşğulotlar bilan band böliş.
- Dori darmonlardan oqilona foydalaniş, bunda ularni faqat şifokor tavsiyasiga köra qabul qiliş.
Uşbu maslahatlarga amal qiliş orqali kasallik va uning asoratlarini tezda yengişga erişiş mumkin,













