Örganiş işlaridan avval Ustyurt gaz qazib çiqariş boşqarmasi mas’ullari tomonidan Şarqiy Berdaq konida taşkil etilgan ştabda tabiiy gaz qazib çiqariş hamda uglevodorodlar zaxirasi hajmini oşiriş borasida amalda qilinayotgan işlar, rejalar borasida taqdimot ötkazildi.

Ustyurt gaz qazib çiqariş boşqarmasida 2021 yilning ötgan davri mobaynida tabiiy gaz qazib çiqariş reja körsatkiçlarining bajarilişi muhokama qilindi hamda örganib çiqildi.

2021 yilning yanvar-iyul oylari davomida boşqarmada 2,1 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib çiqarilişiga erişildi va reja körsatkiçi ortiği bilan, ya’ni 105,8 foizga bajarilişga erişildi. Ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş sur’ati 113,1 foizni taşkil etdi.

Xuddi şuningdek, 32,7 ming tonna gaz kondensati qazib çiqarildi, bu borada esa reja körsatkiçi 102 foizga bajarildi. Gaz kondensati qazib çiqarilişi borasida, ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş sur’ati 102,7 foizni taşkil etdi.

Taqdimot davomida tabiiy gaz qazib çiqariş reja körsatkiçlarining bajarilişini ta’minlaşga qaratilgan jami 48 ta geologotexnik tadbirlar amalga oşirilgani borasida axborot berildi.

Şundan 24 ta yangi gaz quduqlari burğilaşdan işga tuşirilib, 20 ta mavjud gaz quduqlarida kapital ta’mirlaş va intensifikatsiya işlari olib borildi, texnologiya yönalişida esa 4 ta tadbirlar amalga oşirilgani böyiça ham hisobotlar tinglandi.

Ta’kidlaş kerakki, ijobiy natijalarga erişiş uçun uzunligi 14,4 km bölgan 3 ta gaz quvurlari işga tuşirildi va bitta texnologik obektda rekonstruksiya işlari ham amalga oşirildi, uşbu tadbirlarni amalga oşiriş hisobidan jami 451,5 mln kub metr gaz qazib çiqarişga erişildi.

Belgilangan körsatkiçlarning ortiği bilan bajarilişida, “Özbekneftgaz” AJ içki imkoniyatlaridan ham keng foydalanildi, jumladan, yangi burğilangan quduqlarni, gaz kollektorlarini işga tuşirişni tezlaştiriş uçun boşqarmalar içki resurslaridan turli ölçamdagi jami 17,5 km quvurlar yetkazib berildi.

Boşqaruv raisining taşabbusi bilan gaz qazib çiqariş hajmini yanada oşiriş uçun, 2021 yil yakuniga qadar 68 ta geologotexnik tadbirlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan (16 ta gaz quduqlarini burğilaşdan işga tuşiriş, 50 ta gaz quduqlarida kapital ta’mirlaş va intensifikatsiya işlari olib boriş va texnologiya yönalişida 2 ta obektni işga tuşiriş). Belgilangan vazifalarning bajarilişi 956,4 mln kub metr tabiiy gaz qazib çiqarişga zamin yaratadi.