Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saylovchilarga interfaol xizmatlar orqali o‘z saylov uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish imkoniyati yaratiladi

Bugun, 20 avgust kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida «Saylov uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, ushbu nizom bilan O‘zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishiga sharoit yaratish hamda saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsad qilingan. Interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi orqali fuqarolar o‘z saylov uchastkasini aniqlash va o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi. Xizmat yaqin kunlarda ishga tushiriladi.
Majlisda qayd etilishicha, hozirga qadar akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy OAV vakillari soni 750 nafardan oshgan. Ularning 550 nafari televidenie, 110 nafari internet nashrlari vakillari. Bugungi yig‘ilishda ham 48 nafar mahalliy va 48 nafar xorijiy OAV vakillari MSK qaroriga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlis 2021 yil 24 avgust kuni Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti binosida chaqirilishi ma'lum qilindi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hukumat “Sea Breeze Uzbekistan” qurilishini tasdiqladi
O‘zbekiston | 23:49 / 04.08.2025
-
Adijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston | 23:42 / 04.08.2025
-
Isroilda Netanyahu ishini olib borayotgan bosh prokuror iste’foga chiqarilishi mumkin
Jahon | 23:20 / 04.08.2025
-
Rossiya yadroviy raketalarini yana Yevropaga qaratishini ma’lum qildi
Jahon | 23:06 / 04.08.2025
Mavzuga oid

17:11 / 30.09.2021
Koronavirusdan davolanayotganlar saylovda qanday ishtirok etishi mumkin?

18:06 / 29.09.2021
Bahrom Abduhalimov administratsiya va hukumat binolarini Toshkentdan tashqariga chiqarishni taklif qildi

13:37 / 18.09.2021
«O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarini bir necha kun davomida o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q» - MSK raisi o‘rinbosari

11:40 / 23.07.2021