"COVID shifoxonalari quyidagilarni nazarda tutuvchi saylov uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablar ishlab chiqildi. Bunda quyidagi asosiy ishlarni tashkillashtirish belgilandi:

- COVID shifoxonalariga “yopiq saylov uchastkasi” maqomi berildi;

- mustaqil yurish imkoniyati bo‘lgan bemorlar shifoxona hududida maxsus tayyorlangan xonada ovoz berishlari tashkillashtiriladi;

- yotoq rejimidagi bemorlar maxsus mobil saylov qutilari orqali ovoz berishlari tashkil etiladi”, dedi u.

Ma'lum bo‘lishicha, 10 761 ta saylov uchastkalari mavjud. Shundan bolalar bog‘chasida 1 ta, umumiy ta'lim maktablarida 7 563 ta, kollej-litseylarda 709 ta, davolash profilaktika muassasalarida 445 ta, tashkilot va muassasalarda 2 043 ta saylov uchastkasi tashkil qilingan.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladigan saylov uchastkalarida karantin talablariga rioya etilishini ta'minlash uchun jami 21 mingdan ortiq tibbiy xodim biriktirildi", dedi Botir Qurbonov.