Tabiiyki, Romelu juda iqtidorli futbolçi, ayni paytda jahonda eng yaxşi beş «töqqizlik»dan biri. Tabiiyki, APLda şakllangan futbolçi uçun yana u yerda öynaş muammo tuğdirmaydi, ma'lum miqdorda gollarini uradi, uning maydonda yöqolib qolişini tasavvur ham qilib bölmaydi. Lekin u «Çelsi»ni aynan töqson yetti million funtlik darajada kuçaytira oladimi?

Hamma gap Tomas Tuxelning öyin uslubida, bilmadim, men heç qaçon Lukakuni aynan «tuxelbop» futbolçi demagan bölardim. Konte uçun ha, italiyalik murabbiyning öyin uslubi ham, sxemasi ham aynan Lukaku degan futbolçining ustunligi-yu kamçiliklari ustiga qurilgandek. Bekorga «Çelsi»da ham, keyin «Inter»da ham Konte aynan Lukakudan boşqasini istamasligini aytib kelmagan. Biroz pala-partiş, lekin tezkor, ötiş fazalariga urğu beriladigan, oçiq zonalar paydo qiliş butun jamoaning maqsadi böladigan Konte futbolida belgiyalik hujumçi «suvga tuşgan baliqdek bölib qolişi» sir emas endi. Ammo Tuxel biroz akademik, statist murabbiy, uning uçun futbol Kontedan farqli ravişda kuraş emas, öyin. Urğu ham xuddi boşqa zamonaviy nemis murabbiylari (Kloppdan boşqa) singari, töpni, öyinni, zonalarni rejali, körsatmalarga rioya qilgan holda nazorat qilişga beriladi. «Sen bu yerda turasan, sen mana bu yerni töldirasan, falonta uzatişdan keyin, töp senga yetib keladi, şu paytda mana bu işni qilasan» – bu şaroitda Lukakuni tasavvur qila olasizmi? Men, yöq.

Albatta, Tuxeldan aqlli emasmiz, töğrimi, biz öylagan töğri yoki notöğri narsalar uning ham xayolidan keçişi şubhasiz. Axir u holda nega murabbiy Lukaku uçun mana şunça million funt sarflaşga rozi böladi? Axir bunday transferlar yuz foizlik işonç bilan amalga oşirilmaydimi? Menimça, yöq.

Keling, biroz tasavvur qilamiz. Mana, «Çelsi» fevralda murabbiy almaşgandan söng, Angliyada eng yaxşi futbolni namoyiş qildi, Çempionlar Ligasini yutdi, ya'ni Yevropada ham eng yaxşi jamoa böldi. Tabiiy ravişda, yangi mavsumda londonliklar barça turnirlarda asosiy favoritlardan biri bölişi kerak. Endi savol tuğiladi, mana şunday top ölçamlarga ötsak, jamoaning transfer yordamida hal qilişi lozim bölgan asosiy muammosi nima edi?

Darvozabon hal, himoyada beş nafar markaziy himoyaçidan taşqari, har ikki qanotda teng kuçli ikkitadan himoyaçi bor, markaz ham, hujumkor vingerlar ham yetarli. «Çelsi»ga yetişmagan yagona murvat muntazam gollar urişi kerak bölgan, ya'ni aynan gollarga javob beradigan hujumçining yöqligi edi. Haverts ham, Ziyoş yoki Pulişiç ham odatda ança sermahsul futbolçi bölişsa-da, heç qaçon bunga javobgar bölişmagan, boşqaça söz bilan aytganda, heç kim ularning neçta öyindan beri gol urmayotganini hisoblamagan heç qaçon. Abraham, baribir, bu bosimda öynay olmadi, Vernerga ham nimadir böldi – hujumçi şart.