“Rostini aytsam, men bir neça yil bölsa ham odamlarga öxşab normal yaşamoqçiman. Axir men bunday hayotni körmaganman ham”, deb aytgan kuç tuzilmalari vakillariga davlat mukofotlari topşirilişi marosimida Lukaşenko.

U şu sözlari bilan mamlakatga umrining oxirigaça rahbarlik qilişni istayotgani haqidagi miş-mişlarga izoh bergan. 

Lukaşenko uni hattoki kiçik rahbar ham tuşunişini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, Belarus prezidenti hayoti “bu ertalabdan keçgaça haddan taşqari oğir yuk va bosimdir”. 

Lukaşenko Afğonistondagi vaziyatga ham izoh berib ötgan. U Afğonistonda yuz bergan voqealar ğarb demokratiyasining asl mohiyatini körsatganini aytgan va belaruslarni bundan saboq çiqarişga çaqirgan.

“Ular asl başarasini körsatdi. Agar ötgan yil ham biz bilan şunday “blitskrig”ni (tezkor uruş) amalga oşirişganda, bizda ham şunday hodisalar yuz berişi mumkin edi. Şu sababli bundan saboq çiqariş lozim”, deb aytgan Belarus rahbari.

U Afğonistondan AQŞ samolyotlari qanotlari, şossilariga çirmaşib ketmoqçi bölgan, biroq balandlikdan yiqilib halok bölgan afğonlar videosini eslab ötgan. “Mana ularning demokratiyasi”, deb kinoya qilgan Lukaşenko.

U Belarusdagi vaziyatni izdan çiqariş sababi tuşunarli ekanini aytgan. “Buning sababi moddiy manfaat – xalq, davlat mulkini özaro bölişib, uni sotişdir”, deb ta'kidlagan Belarus rahbari.