Moliya vazirligi tomonidan taşkil etilgan "Taşabbusli budjet" loyihasiga fuqarolardan jami 41 125ta taklif kelib tuşgan. Bu haqda AOKAda Moliya vazirligi mutasaddilari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Bildirilişiça, takliflarning eng köpi - 13 853tasi içki yöllarni ta'mirlaş, 6 798tasi taklif umumta'lim maktablarini ta'mirlaş va jihozlaş, 5 649ta taklif köçalarni yoritiş tizimi, 4 424ta taklif içimlik suvi ta'minotini yaxşilaş bilan boğliq muammolarni taşkil etgan.
Qayd etilişiça, hozirda taşabbusli budjet jarayonining 3-bosqiç ya'ni ovoz beriş jarayoni ötkazilyapti. Fuqarolar joriy yilning 2 sentyabriga qadar özlarini qiziqtirgan takliflarga ovoz berişlari mumkin böladi.
Har bir şaxs faqatgina bir marotaba ovoz beriş huquqiga ega böladi. Bugungi kunga kelib fuqarolar tomonidan 100 mingdan ortiq ovozlar berildi. Bu böyiça eng yuqori körsatkiç Farğona viloyatiga (20 446) töğri kelsa, eng past körsatkiç Sirdaryo viloyatiga (1 962) töğri kelmoqda.
Fuqarolarga ovoz beriş jarayonlarida faol iştirok etişiga imkoniyat yaratiş maqsadida 3 xil körinişda ovoz beriş şakli tatbiq etilgan bölib, jumladan fuqarolar portaldan röyxatdan ötgan holda, SMS-qisqa xabar orqali, oflayn körinişda ovoz berişi mumkin.













