“5 yil emas, undan ancha tezroq” - Sardor Umrzoqov O‘zbekiston qachon JSTga a’zo bo‘lishi haqida
Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha O‘zbekiston tayyorlayotgan Faktologik xulosa Jyenevada ma’qullansa, a’zolik jarayoni ancha tezlashadi, deb ma’lum qildi bosh vazir o‘rinbosari.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov OAVga bergan intervyusida mamlakat Jahon savdo tashkilotiga qachon a’zo bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi.
“Muddatlar haqida gapirishni istamagan bo‘lardim, biroq o‘ylashimcha, bu [siz savolingizda aytganingizdek] 5 yillik muddatdan ko‘ra ancha tezroq ro‘y beradi.
JSTga a’zo bo‘lish – men uchun KPI ko‘rsatkichlardan biri. Bu masala bo‘yicha mening faoliyatimga hukumatda baho berishadi”, – dedi Umrzoqov.
Vazirning aytishicha, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning navbatdagi beshinchi yig‘ilishi shu yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishi 2020 yil iyulida bo‘lib o‘tgan, bu bilan O‘zbekiston JSTga a’zolik harakatlarini rasman qayta boshlagandi. Ma’lumot uchun, bu ishchi guruhning uchinchi yig‘ilishi 2005 yilda o‘tkazilgan.
Ayni paytda beshinchi yig‘ilish uchun Faktologik xulosa tayyorlanmoqda. Bu xulosa JSTga a’zo mamlakatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar asosida tayyorlanadi va u tashkilotning Jyenevadagi bosh ofisida ma’qullansa, a’zolik jarayoni keyingi bosqichga o‘tadi.
“Keyingi bosqichda a’zolik jarayonlari ancha tezlashadi. Biz shubhasiz JSTga a’zo bo‘lishimiz kerak. Bu bizga boshqa mamlakatlar bozorini ochib beradi, investitsion iqlimni keskin yaxshilaydi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizni boshqa davlatlar bilan haqqoniy raqobatda yutqazmaslik uchun o‘z mahsulotlari sifatini oshirishga undaydi”, – dedi Umrzoqov.
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun arizani 1994 yilda bergan. Hozirda dunyoning 164ta davlati, shu jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham JST a’zosi sanaladi.
O‘zbekiston hukumatida bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzoqov mazkur tashkilotga a’zo bo‘lish ishlarini muvofiqlashtirishga mas’ul etib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27
-
Saudiya Arabistoni Haj mavsumida o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni to‘xtatib qo‘ydi
O‘zbekiston | 19:09
Mavzuga oid

10:21 / 22.04.2025
Fitch 2025 yildagi global iqtisodiy o‘sish prognozini ikki foizgacha pasaytirdi

08:05 / 22.04.2025
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi

14:35 / 15.04.2025
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi

10:53 / 12.04.2025