Forbes.kz naşri Qozoğistonning eng yirik şahri Olmaotaning demografik ösişi va uning oqibatlari haqida material tayyorladi. Unda kötarilgan masalalar bizdagi yirik şaharlarga ham oid bölişi mumkin – ikki davlat şaharlari orasida öxşaşlik bor.

Mutaxassislar Qozoğistonning eng yirik şahri muammolari va ularning yeçimlarini sanadi.

2021 yilning iyulida Olmaota şahri aholisi rasman 2 milliondan oşdi (soliştiriş uçun Toşkentning doimiy aholisi 2019 yilda 2 million 510 ming kişini taşkil etgan. Ma'lumot ikki yildan beri yangilanmagan. Izoh tahririyatniki). Bu rasmiy raqam xolos. Zero, 2019 yilning oktyabrida Olmaota şahar hokimi Bokaitjon Sagintayev atroflarni qöşib hisoblaganda şahar aholisi 3 millionga yaqinlaşgani, 2030 yilga borib 5 millionga yetişini aytgandi.

“Dunyoning boşqa megapolislari kabi, bizning oldimizda ham yuqori yaşaş standartlari uçun resurs tanqisligi, ekologiyani yaxşilaş va xavfsizlikni oşiriş bilan boğliq dolzarb muammolarni hal qiliş, ijtimoiy, muhandislik va transport infratuzilmani rivojlantiriş kabi masalalar paydo böladi”, degandi u.

Jadallik bilan rivojlanayotgan megapolisning aynan qaysi muammolarini birinçi navbatda hal qiliş darkor? Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) mutaxassislarining fikriça, bular jamoat transporti va turar joy bozori. Jamoat transporti muammosi tufayli şahar taşqarisida yaşaydigan aholi şaxsiy avtomobillarga boğlanib qolişga majbur hamda tiqinlarga sabab böladi va “şahar markazining samaradorligiga putur yetkazadi”. Turar joy masalasiga esa, garçi turar joy fondi yaxşi körsatkiçlarga ega bölsa-da, son va sifat yetişmaydi. IHTT tadqiqotlariga köra, Qozoğistondagi turar joylarning 97 foizi ijaraga berilmaydi, vaholanki, Yevroittifoqda turar joylarning uçdan biri ijaraga beriladi.

“Uy-joy mavzusi”ning naqadar dolzarbligini olmaotalik Ayala Jambil voqeasi ham körsatib beradi. U politsiya patruli oilasida oltinçi qiz. “Oilamiz öğil va şaxsiy kvartira orzusida. Hozirda uşbu katta oila navbatning 2050-örnida va ota-onamiz bilan istiqomat qilamiz”, deb hikoya qilişadi Ayalaning ota-onasi.