Özbekistonda bu yilgi yoz avvalgilaridan ança issiq keldi. Biz jazirama kunlarning birida Buxoro viloyati Gazli şaharçasida böldik.
Çöl uzra yotqizilgan yöldan ketarkanmiz, uzoqdan yaşillik közga taşlana boşlaydi. Sahro örtasida barpo etilgan Gazli şahrida jaziramaga qaramay, hayot qaynamoqda. Gazli magistral gaz quvurlari boşqarmasining DKS-4 sexida iş qizğin. Bu yerda quvurlarni almaştiriş işlari olib borilyapti.
Gazlida qadri baland kasblardan biri – payvandçilik. Yodimda, yoşligimda payvandçiga bir kungina kömak berib, keçasi bilan qölim va tanamni terisi açişib çiqqandi. Közimga esa, ehtiyotsizligim uçundir balki, nina sançib qöygandek bölgandi. Kök çoy-u, qora çoy bosiş ham yordam bermagan.
Gazli şahar aholisi orasida esa payvandçilar köpçilikni taşkil etadi. Gazli magistral gaz quvurlari boşqarmasining jömard payvandçi xodimlari jazirama issiqda qalin maxsus kiyimga örangan holda quvurlarni bir-biriga ulab, navbatdagi topşiriqni bajarayotgani ustidan çiqdik. Ular qilayotgan işlari qiş mavsumida uzoq-yaqindagi vatandoşlari joniga ora kirişini yaxşi anglaydi.
Gazli – köp millatli şahar. Bu yerda özbek, qozoq, turkman, rus, tatar va boşqa millat vakillari totuvlikda istiqomat qilib kelmoqda.

Asli qozoq millatiga mansub Jyetkergen Xörozov ham 15 yildirki, ota kasbini faxr bilan davom ettirayotgan 6-toifadagi payvandçilardan biri. U har kuni tongda mehr qöygan işiga yöl oladi. Axir, oğir damlarda ham bu işini tark etmadi, kasbiga sodiq qoldi. Hatto mehnat migrantligini öylab körmadi.
Jyetkergen orzu istaklari haqida sözlaydi. “Öğil uylab, qiz uzatsam, farzandlarim kamolini körsam deyman. Axir, şuning uçun yaşamayapmizmi?” – deydi payvandçi.

Jyetkergenlar oilasida 4 öğil, 2 qiz katta bölişgan. Öğillarning barçasi ota izidan borib, bugungi kunda mohir payvandçilardan hisoblanadi. Ota kasbi – davlat kasbi, deb şuni aytişsa kerak.
1985 yilda tuğilgan qahramonimiz rafiqasi bilan birgalikda 4 farzandni peşona teri ila topayotgan halol rizq bilan voyaga yetkazmoqda.























