«Tolibon» harakati Panjşer viloyatini qurşab oldi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ma'lum qildi.

«Kuçlar Badaxşon, Tohar va Andarab viloyatlari tarafdan Panjşer yaqinidagi pozitsiyalarni egalladi. Duşman qamalda. Masalani muzokaralar orqali tinç yöl bilan hal etişga urinyapmiz», — deb yozdi u Twitter’da.

Uning sözlariga köra, Panjşer çegarasidagi Salang tunneli va avtotrassa oçiq. Mujohidning ta'kidlaşiça, toliblar avvalroq qarşilik kuçlari egallab olgan Bağlon viloyatidagi tumanlarni töliq tozalagan.

Avvalroq toliblar Panjşerdagi qarşilik kuçlariga viloyatni topşiriş va taslim böliş uçun 4 soat vaqt bergandi. Viloyatdagi qarşilik kuçlari yetakçisi Ahmad Mas'ud Panjşer viloyati «Tolibon»ga topşirilmasligini aytdi.