Özbekiston boş prokurori matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, ötkazilgan xizmat tekşiruvi natijasida Qörğontepa tumani prokurori Sardor Rajabboyev intizomiy jazo tariqasida öz lavozimidan ozod qilingan.

Öz uyida obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlarini işlatgan qonun himoyaçisi Boş prokurorning 23 avgustdagi buyruği asosida lavozimdan olingan.

Avvalroq Andijon viloyati Qörğontepa tumani prokurori Sardor Rajabboyev Andijon tumanida joylaşgan uçastkasida tuman obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlarini bahordan kuzgaça işga jalb qilib kelgani ma'lum bölgandi.

Şuningdek, fuqarolar tuman prokurorining harakatlaridan norozi bölib, Andijon viloyat prokuraturasiga murojaat qilişgan. Viloyat prokuraturasi esa işçilarning uç nafari tuman prokurorining uyida ixtiyoriy ravişda obodonlaştiriş işlarini olib borişgani, ularni heç kim majburiy mehnatga jalb qilmagani haqida aytgandi.