Bir neça kun avval bloger Xurşid Daliyev kanalida e'lon qilingan suriştiruvlarda Andijon viloyati Qörğontepa tumani prokurori Sardor Rajabboyev Andijon tumanida joylaşgan uçastkasida tuman obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlarini bahordan kuzgaça işga jalb qilib kelgani ma'lum qilindi.

Foto: Sardor Rajabboyev, Qörğontepa tumani prokurori

Şuningdek, obodonlaştiriş xodimlarining prokuror uyidagi iş jarayonlaridan rasmlar ham e'lon qilingan. Katta ehtimol bilan obodonlaştiriş xodimlarining iş haqlari davlat tomonidan tölangan.

Haşar jarayoni

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayevning yozişiça, fuqarolar tuman prokurorining harakatlaridan norozi bölib murojaat qilişgan. Andijon viloyat prokuraturasi esa işçilarning uç nafari tuman prokurorining uyida ixtiyoriy ravişda obodonlaştiriş işlarini olib borişgani, ularni heç kim majburiy mehnatga jalb qilmagani haqida aytgan.

Deputat agar obodonlaştiriş xodimlari tuman prokurori uyiga borib ixtiyoriy işlagan va prokuror xizmat mavqeyidan foydalanib, ularga bosim ötkazmagan bölsa, unda nima uçun ular prokurorning xatti-harakatlaridan norozi bölib, yuqori turuvçi idoraga murojaat qilişganiga e'tibor qaratgan.

Şuningdek, holat böyiça xolis tekşiruv va suriştiruv olib borişda guvoh va boşqa şaxslarning körsatmalari olingani, “işçilar ixtiyoriy işlagani” haqidagi tuşuntiriş xatlari bosim yöli bilan olinmagani ham söroq ostida qolmoqda.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining ma'lum qilişiça, ayni vaqtda prokurorning uyida “haşar” qilingani holati yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, Mehnat kodeksining 7-moddasiga köra, majburiy mehnat, ya'ni biror-bir jazoni qöllaş bilan tahdid qiliş orqali (şu jumladan, mehnat intizomini saqlaş vositasi tariqasida) iş bajarişga majburlaş taqiqlanadi.