Olimpiadadagi salbiy natijalardan söng sport federatsiyalari rahbariyatida özgarişlar böladimi?
Bu savolga MOQ boş kotibi Oybek Qosimov şunday javob berdi: «Olimpiada yakunlari böyiça yakuniy natijalar tanqidiy va tahliliy körib çiqiladi. Lisenziya qölga kiritmagan sport turlari birinçi navbatda muhokama qilinadi. Suziş va yengil atletika singari olimpiya öyinlarida pastroq natija qayd etgan sport turlariga ham alohida e'tibor qaratiladi. Bular rejamizda bor. Rahbarlar, sport menejyerlari köp narsani hal qilişi bor gap. Biz bu borada ham taklif tayyorlayapmiz, köplab federatsiyalarda yangilanişlar kutilyapti».
Oksana Çusovitinadan bayroqdorlik nega olib qöyildi?
Oybek Qosimovning aytişiça, gimnastika afsonasi bölgan Çusovitina jismoniy holatiga salbiy ta'sir ötkazmasligi uçun oçiliş marosimida qatnaşmagan: «Oksana Çusovitinaga bayroqdor böliş taklifini şaxsan özim bergan edim. Rio Olimpiadasidan söng u bilan suhbatlaşganimda, agar kelgusi olimpiya öyinlariga yetib bora olsam, paradga çiqiş niyatim bor, degan edi. Tokio öyinlaridan oldin ham şu niyatda ekanini aytdi. Şu tariqa Oksanaga bayroqdor bölişni taklif etdik va Oksana buni mamnuniyat bilan qabul qildi.
Biroq musobaqalarga qur'a taşlanganidan söng Çusovitina va unga şerik bölişi kutilgan Bobousmon Baturovning iştiroki dastlabki kunlarga töğri kelib qoldi. Oksana bilan Tokioda gaplaşganimizda sönggi olimpiadam bölişiga qaramay, medal uçun kuraşaman, jiddiy tayyorgarlik köryapman, dedi. Şundan kelib çiqib, dastlabki kunlarda iştirokini ötkazadigan vakillarimizni oçiliş marosimiga jalb etmaslikka qaror qildik».
Boksdagi hakamlik adolatsiz böldimi?
MOQ boş kotibi boksçi Miraziz Mirzaxalilovning jangi bilan boğliq vaziyatda Özbekiston delegatsiyasi qay tariqa hakamlikka norozilik bildirganini aytib berdi: «Özbek sporti ixlosmandlari boksçilarimizdan katta natija kutişini bilar edik. Köpçilik boksçilarimizning dastlabki raundlarda musobaqani tark etişi biz uçun ham kutilmagan holat böldi. Ta'kidlab ötiş lozimki, bu galgi olimpiya öyinlaridagi boks musobaqalari AIBA tomonidan emas, balki Xalqaro olimpiya qömitasi tomonidan tayinlangan maxsus guruh: Xalqaro gimnastika federatsiyasi rahbari Morinari Vatanabe va Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizer kabi mutasaddilar tomonidan taşkillaştirildi.











