BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Mişel Baçelet Afğonistonda toliblar inson huquqlarini buzayotgani, jumladan, tinç aholini ommaviy qatl qilayotgani töğrisida ma'lumotlar kelib tuşayotganini aytdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Uning sözlariga köra, toliblar bolalarni jangovar harakatlarda qatnaşişga çaqirmoqda, ayollar huquqlarini çeklamoqda va namoyişlarni bostirmoqda.
Baçelet BMTning inson huquqlari böyiça kengaşini Afğonistondagi vaziyat va «Tolibon» bergan va'dalarning bajarilişini monitoring qiliş mexanizmini işlab çiqişga çaqirdi.
«Tolibon» vakillari ayollarning işlaş va qizlarning maktabda öqiş huquqlarini şariat qonunlari asosida hurmat qiliş majburiyatini olgandi. Ular şuningdek, etnik va diniy ozçilikning huquqlarini hurmat qiliş va hukumat yoki xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilganlarni qatağon qilmasliklarini bildirgandi», — deb ta'kidladi BMT oliy komissari.
BMTning inson huquqlari böyiça mustaqil ekspertlari hisobotida aytilişiça, «Tolibon» uyma-uy yurib tintuvlar ötkazayotgani sababli köplab odamlar yaşirinişga majbur bölyapti».
«Tintuvlar, hibsga olişlar, ta'qiblar, qörqitişlar hamda mulkni musodara qiliş va qatağonlar töğrisida xabarlar kelmoqda», — degan ekspertlar.













