1 sentyabrdan qonunçilikda qanday özgarişlar böladi?
|15:41 / 25.08.202188 05610 min
Kun.uz sayti öz an'anasiga muvofiq 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab Özbekiston qonunçiligida röy beradigan ayrim özgarişlarni eslatib ötadi.
Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oşiriladi
Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab Özbekistonda minimal pensiya va nafaqalar miqdori oşiriladi.
Farmonga köra:
mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga 822 ming söm;
bazaviy hisoblaş miqdori – oyiga 270 ming söm;
pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 289 ming söm;
yoşga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 ming söm;
bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 ming söm;
zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 ming söm;
iş staji töliq bölmagan çoğdagi pensiyalarning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda – oyiga 440 ming söm;
belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 ming sömgaça, pensiya oluvçilarning yoşga doir va nogironlik böyiça pensiyalari miqdori – oyiga 623 ming söm etib belgilandi.
Kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi
Prezident farmoniga asosan 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoşga tölguniga qadar uni parvariş qiliş nafaqasi örniga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi.
Bolalar nafaqasini tayinlaşda:
inobatga olinadigan bolalar yoşi 14 yoşdan 18 yoşgaça oşiriladi;
tölov muddati 6 oydan 12 oygaça oşiriladi;
uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib çiqib belgilaş tartibi qöllanadi.
Şuningdek, yakka-yolğiz bölgan fuqarolarga, farzandi bölmagan yoki barça farzandlari 18 yoşdan katta bölgan kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
Mavzuga oid
2021 yil 1 sentyabrdan boşlab bolalar nafaqasi va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tölovlari quyidagi miqdorlarda belgilandi:
a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
250 000 söm — 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bitta farzandi uçun, 325 000 söm — yoşi 3 yoşgaça bölgan bitta kiçik farzandi uçun;
150 000 söm — oilaning ikkinçi farzandi uçun qöşimça;
100 000 sömdan — oilaning uçinçi va undan keyingi har bir farzandi uçun;
b) kam ta'minlangan oilalar uçun moddiy yordamning oylik miqdori — 380 000 söm.
Haydovçilardan bir qator hujjatlarni talab qiliş tartibi bekor qilinadi
Hukumat qarori bilan haydovçilardan avtomototransport vositasini boşqariş uçun işonçnoma (notarial tartibda tasdiqlangan), texnik körikdan ötkazilganligi töğrisidagi ma'lumot, avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsatnoma elektron şaklga ötkaziş orqali mazkur hujjatlarni avtomototransport vositasi haydovçisidan talab etiş tartibi bekor qilinadi.
Yakka tartibdagi taksiçilar öz faoliyatini faqat agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oşiradi
Prezident qaroriga köra, yakka tartibdagi taksiçilar öz faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oşiradi.
Agregatorlar xizmatidan foydalaniş uçun yuridik şaxslarga tegişli yönalişsiz taksi yoki yakka tartibdagi taksi litsenziyasiga ega böliş, maxsus tekşiruv punktlarida oylik tibbiy körikdan ötiş, 6 oyda kamida 1 marta texnik körikdan ötiş kabi şartlarni bajariş lozim böladi.
Xorijga işlaşga ketayotgan fuqarolarning xorijiy til imtihoni, yöl çiptasi va «işçi viza»ni rasmiylaştiriş xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
Prezident qaroriga asosan 2021 yil 1 sentyabrdan 2022 yil 1 sentyabrga qadar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan «labor-migration» dasturiy majmuasida röyxatdan ötgan, kasb-hunar yoki xorijiy tillarga öqigan va taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:
xorijiy tillar yoki kasb böyiça malaka imtihonlarini topşiriş bilan boğliq xarajatlarini qoplaş uçun, başarti ular muvaffaqiyatli topşirilganda — BHMning 3 baravarigaça miqdorda;
rivojlangan davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oşirişga «işçi viza»ni rasmiylaştiriş bilan boğliq xarajatlarini qoplaş uçun — BHMning 5 baravarigaça miqdorda kompensatsiya tölanadi.
Tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlari butun respublika hududida körsatiladi
Hukumat qaroriga muvofiq, tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlari butun respublika hududida körsatiladi.
Ma'lumot uçun, tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlari:
bolaning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi, ularning örnini bosuvçi şaxslar yoki ularning yaqin qarindoşlariga yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boşqa şaxslarga tuğilganlik haqidagi tibbiy ma'lumotnoma beriş;
tuğilganlikni qayd etiş;
poliklinikaga hisobga qöyiş;
bir martalik nafaqa pulini oliş;
bolani otasi yoki onasi yoxud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy röyxatda turgan manzili böyiça röyxatga qöyiş;
bolani davlat maktabgaça ta'lim taşkilotiga navbatga qöyiş böyiça körsatiladigan davlat xizmatlarini qamrab oladi.
Gul eksport qiladigan tadbirkorlar xarajatlarining yarmi qoplab beriladi
Prezident qaroriga köra, 2021 — 2024 yillarda yillik eksport tuşumida gul eksportidan tuşum uluşi kamida 30 foizni va 100 ming AQŞ dollardan köpni taşkil qiladigan tadbirkorlik sub'yektlarining xomaşyo (gul köçatlari, uruğlari, piyozlari va payvandtaglari) importi uçun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan qoplanadi.
Pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş yil davomida amalga oşiriladi
Prezident qaroriga binoan malaka toifasini beriş va saqlab qoliş böyiça maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta'lim taşkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş yil davomida amalga oşiriladi.
Şuningdek, uzrli sabablarga köra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tuğiş hamda bolani parvariş qiliş ta'tili va boşqalar) attestatsiyadan ötmagan pedagog kadrlar iş faoliyatiga qaytganlariga bir yil tölgandan söng attestatsiyaga jalb etiladi va mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi.
Ilmiy unvon va ilmiy darajalarni beriş vakolati respublikaning nufuzli oliy ta'lim muassasalariga ötkaziladi
Prezident farmoniga köra, ilmiy unvon va ilmiy darajalarni beriş vakolati 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab respublikaning nufuzli oliy ta'lim muassasalarining ilmiy kengaşlariga bosqiçma-bosqiç ötkaziladi.
Jismoniy şaxslarning avtotransport vositalari köçma texnik nazorat liniyalarida majburiy texnik körikdan ötkaziladi
Hukumat qaroriga köra, jismoniy şaxslarga tegişli bölgan M1 toifadagi avtotransport vositalarini tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan majburiy texnik körikdan ötkazişda harakatlanuvçi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalaniladi.
Şuningdek, xorijiy davlatlarga çiqadigan transport vositalaridan taşqari barça transport vositalariga texnik körikdan ötganligi töğrisidagi talonlarni beriş amaliyoti bekor qilinadi.
Davlat iştirokidagi taşkilotlar tomonidan birjada sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda taşiş xizmatlari faqat elektron auksion tartibida amalga oşiriladi
Prezident qaroriga köra, monopol va davlat iştirokidagi taşkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda taşiş xizmatlari faqat elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oşiriladi.
Içki işlar organlarining serjant tarkibidagi lavozimlariga faqat oliy ma'lumotlilar qabul qilinadi
Prezident qaroriga binoan 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab:
içki işlar organlari rahbar tarkibining tegişli lavozimlariga tayinlaniş uçun Akademiya magistraturasida öqiş lozim böladi;
içki işlar organlarining serjant tarkibidagi lavozimlarida xizmatni ötaş uçun faqat oliy ma'lumotga ega bölgan şaxslar qabul qilinadi;
içki işlar organlarining safdor tarkibidagi lavozimlariga nomzodlar faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvçilari, profilaktika inspektorining yordamçilari, şuningdek, oliy ma'lumotga ega yoki sirtqi ta'lim şakli böyiça tahsil olayotgan şaxslar orasidan qabul qilinadi.
Masofaviy ta'lim beruvçi NTMlarga binoga ega böliş talabi bekor qilinadi
Prezident qaroriga köra, masofaviy (onlayn) ta'limga asoslangan nodavlat ta'lim xizmatlarini körsatiş uçun mulkiy yoki boşqa aşyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud bölişi haqida talab bekor qilinadi.
Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi natijalarga erişgan maktablarga Prezident sovrini beriladi
Prezident qaroriga asosan xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi natijalarga erişgan maktablarni rağbatlantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi prezidenti sovrini ta'sis etiladi.
Bunda, sovrin uçun musobaqalar umumta'lim maktablari örtasida 3 bosqiçda taşkil etiladi.
Davlat taşkilotlariga işga qabul qilişdagi tanlov jarayonlarini Internetda jonli kuzatiş mumkin böladi
Prezident qarori bilan davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori taşkilotlarda (keyingi örinlarda — davlat organlari va taşkilotlari) işga qabul qilişni oçiq tanlov asosida amalga oşiriş hamda tanlov doirasida ötkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmoği orqali real vaqt rejimida kuzatişni nazarda tutuvçi tartib joriy etiladi.
Jismoniy va yuridik şaxslardan obektlarni «E-auksion» platformasida auksionga çiqarganlik uçun yiğim olinmaydi
Prezident qarori bilan «E-auksion» savdo platformasidagi elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etildi. Unga köra, iştirokçilarga auksionda qatnaşiş uçun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati bepul taqdim qilinadi hamda jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan obektlarni auksionga çiqariş uçun tölanadigan yiğim bekor qilinadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi