Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi tomonidan sektorlar faoliyatini baholaş bir yilda bir marotaba – hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraliga qadar amalga oşiriladi. Natijasi böyiça tahliliy ma'lumotnoma Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va xalq deputatlari Kengaşlariga kiritiladi. 

Baholaş natijasiga köra tuman, şahar sektorlari örtasida respublika darajasida – “eng namunali sektor” hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri darajasida – “eng taşabbuskor sektor” nominatsiyalari böyiça ğoliblar aniqlanadi va rağbatlantiriladi.

Baholaş quyidagi ustuvor yönalişlarda amalga oşiriladi:

  • “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” bilan işlaş natijadorligi;
  • “mahallabay” işlaş tizimining yuritilişi holati;
  • iqtisodiy rivojlaniş va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş darajasi;
  • tadbirkorlikni rivojlantiriş;
  • jinoyatçilikni kamaytiriş va ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş;
  • murojaatlar bilan işlaş samaradorligi.

Şunga köra, ğolib bölgan sektorlar quyidagiça rağbatlantiriladi:

“Eng namunali sektor” nominatsiyasida: 

  • 1-örin – bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravari;
  • 2-örin – bazaviy hisoblaş miqdorining 400 baravari;
  • 3-örin – bazaviy hisoblaş miqdorining 300 baravari miqdorida pul mablaği.

“Eng taşabbuskor sektor” nominatsiyasida:

  • 1-örin – bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravari;
  • 2-örin – bazaviy hisoblaş miqdorining 150 baravari;
  • 3-örin – bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravari miqdorida pul mablaği.

Sektorlar faoliyati samaradorligi körsatkiçlarini hisoblaş va baholaş böyiça “sektor.reyting.uz” avtomatlaştirilgan onlayn axborot tizimi işga tuşiriladi.