Toliblar Kobul aeroportiga olib boruvçi yölni tösişdi. Afğonistondan sönggi xabarlar
|03:07 / 25.08.202169 3589 min
Kobul aeroportida Ğarb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afğonlarni şoşilinç ravişda evakuatsiya qiliş jarayoni davom etmoqda. Toliblar esa afğonistonliklar mamlakatdan olib ketilişini töxtatmoqçi va buning uçun aeroportga olib boruvçi yöl tösildi.
Marcus Yam / Los Angeles Times / Getty ImagesMarcus Yam / Los Angeles Times / Getty Images
«Tolibon» harakati vakili Kobul aeroportiga olib boruvçi yöl tösilgani va bundan buyon aeroportga faqat xorij mamlakatlari fuqarolari ötkazilişini bildirdi.
«Biz aeroportga olib boruvçi yölni tösdik va endi xorijliklardan boşqalarni ötkazmaymiz», dedi toliblar vakili Zabihullo Mujohid Kobulda bölib ötayotgan sönggi işlarga bağişlangan matbuot anjumanida.
U yuzaga kelgan murakkab vaziyat tufayli barça afğonlar Kobul aeroportini tark etişi darkorligini ta'kidlagan.
«Aeroport devorlari ostida töplangan kişilar uylariga tarqalişi kerak, ularning xavfsizligi kafolatlanadi», degan u.
U AQŞ odamlarni Afğonistonni tark etişga çaqirişda davom etayotganini qöşimça qilgan.
«Biz amerikaliklardan odamlarni ketişga undamaslikni söraymiz. Bizga ularning iste'dodi kerak», degan Mujohid va ayni vaqtda Afğonistonda OAV, şifoxonalar, maktablar, oliy öquv yurtlari hamda tumanlar ma'muriyatlari işlaşda davom etayotganini qöşimça qilgan.
Bungaça «Tolibon» mamlakatni tark etişni istagan afğonistonliklar, kerakli hujjatlarga ega bölsa, 31 avgustga qadar ularning yöli tösilmasligini va'da qilgandi.
Evakuatsiya muddati uzaytirilmaydi
Mujohid «Tolibon» avvaldan belgilangan evakuatsiya muddatini uzaytirişga könmasligini bildirgan.
Toliblar NATO davlatlarida xorijiy fuqarolarni olib ketiş uçun yetarliça vaqt borligini, afğonlarning mamlakatdan ketişi esa ular tomonidan ma'qullanmasligini aytib ötgan.
Bu masala yaqin vaqtlar içida hal bölişi kutilmoqda: «Katta yettilik»ning virtual sammitida Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson AQŞ prezidenti Jo Baydenni amerikalik harbiylarni Kobul aeroportida 31 avgustdan keyin ham qoldirişga köndiriş uçun urinib köradi.
Şu bilan birgalikda, BBC’ning Britaniya parlamentidagi muxbiri Ion Uells Bayden muddatni uzaytiriş böyiça qaror çiqariş ehtimoli juda pastligini aytib ötgan.
«Prezidentning Boris Jonson bilan keçagi telefon muloqotidan keyin Britaniya hukumati «evakuatsiyaning birinçi bosqiçi»dan keyin ham afğonlarga yordam körsatiş rejasi zarurligini e'lon qildi», degan u.
Mavzuga oid
Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles amerikalik harbiylar 31 avgustdan keyin ketmasa, toliblar Kobul aeroportini öqqa tutişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Sönggi xabarlarga köra, Pentagondagilar ham evakuatsiya 31 avgustga qadar yakunlanişi mumkin deb hisoblamoqda.
«Biz har kuni AQŞ fuqarolari, SIV uçun da'vogarlar (afğonlar uçun maxsus immigratsiya vizasi) hamda xavf ostida qolgan afğonlarni olib çiqiş böyiça ulkan qadamlar taşlamoqdamiz. Biz hozirda ham evakuatsiyani oy oxiriga qadar yakunlaşga ulguramiz deb hisoblaymiz», degan AQŞ Mudofaa vazirligi rasmiysi Jon Kirbi Vaşingtondagi har kungi brifingda.
Reuters agentligi manbasi ham Jo Bayden evakuatsiya jarayonini 31 avgustga qadar yakunlaşga ulguriş kerakligi böyiça tavsiyaga köngan. Pentagon rahbariyati, muddatni uzaytiriş Kobul aeroportida bölib turgan amerikalik harbiylar hayotiga jiddiy xavf tuğdirişidan xavotirlanmoqda.
Amerika boş ştabining hududiy operatsiyalar böyiça bölimi direktori örinbosari, general Henk Teylorning ma'lumotiga köra, sönggi 24 soatda Afğonistondan 21 mingdan ortiq kişi olib çiqilgan. Ötgan kun davomida örtaça har 45 daqiqada Kobul aeroportidan bitta Amerika samolyoti uçgan.
BMT: Afğonistondagi viloyatlardan birida qiynoqlar va qatllar haqida xabar berilgan
BMTning Inson huquqlari böyiça oliy komissari Mişel Baçelet unda toliblar afğon hududlaridan birida odamlarni qiynoqqa solayotgani va öldirayotgani töğrisida işonçli ma'lumotlar mavjudligini aytdi.
Bundan taşqari, Baçeletning sözlariga köra, guvohlar toliblar voyaga yetmagan bolalarni askarlikka jalb etayotgani va ayollar huquqlarini buzayotgani haqida xabar qilişgan.
«Tolibon» vakillari ayollarning işlaş va qizlarning maktabda öqiş huquqlarini şariat qonunlari asosida hurmat qiliş majburiyatini olgandi. Ular şuningdek, etnik va diniy ozçilikning huquqlarini hurmat qiliş va hukumat yoki xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilganlarni qatağon qilmasliklarini bildirgandi», deya ta'kidladi BMT oliy komissari.
Toliblar siyosiy va mafkuraviy raqiblarni qatl etiş niyatida emasliklari haqida bot-bot takrorlab, 90-yillardan buyon butkul özgarişgani haqida aytib kelayotgandi. «Biz ötmişda bölgan işlarni unutganmiz», degandi Mujohid.
«Tolibon» ötgan safar Afğonistonda hokimiyat tepasiga kelganida mamlakatni şariat qonunlari bilan boşqargandi. Ötgan haftada mamlakatni yana egallagan toliblar ayollar huquqlari va OAV erkinligi ta'minlanişi - bu faqat şariat doirasida bölişini aytişgandi.
Lekin xabarlarga köra, ayrim hududlarda erga tegmagan yoş qizlar köçaga çiqişdan qörqişmoqda - ularni majburan jangarilarga erga berib yuborişlari mumkin.
Ötgan haftada Amnesty International iyul oyi boşida Ğazni hududida mamlakatdagi diniy ozçilik bölmiş hazoriylar ommaviy qatl qilingani haqida xabar qilgandi.
Toliblar öz hukumatlarida ilk tayinlovlarni amalga oşirişdi
Pajwook agentligi «Tolibon» öz hukumatida qator rahbarlik lavozimlari uçun tayinlovlar amalga oşirgani haqida xabar berdi. Ma'lum qilinişiça, Gul Oğa moliya vaziri, Sadr Ibrohi içki işlar vaziri v.b, Najibullo razvedka xizmati boşliği bölgan.
Bundan taşqari, harakat ta'lim vaziri, oliy ta'lim vaziri va Kobul gubernatori lavozimlariga ham tayinlovlarni amalga oşirgan.
Mulla Şirin Kobul viloyati gubernatori, Hamidulla Numoniy Kobul şahri meri etib tayinlangan. Xost viloyati gubernatorligida Muhammad Nabi Umari iş boşlagan.
Foreign Policy «Tolibon» rahbarlari Afğonistonni boşqariş uçun 12 kişidan iborat kengaş tuzmoqçiligi haqida xabar bergan.
Kengaş tarkibida Mulla Abduğani Birodar («Tolibon»ning Dohadagi siyosiy idorasi rahbari), harakat asosçisi mulla Umarning öğli Muhammad Yoqub («Tolibon» rahbari örinbosari, harbiy komissiya rahbari) va Xalil al-Rahmon Haqqoniy («Haqqoniy tarmoği» guruhining yuqori martabali a'zosi) böladi. Şuningdek, sobiq prezident Hamid Karzay hamda Aşraf Ğani hukumatida taşqi işlar vaziri bölgan Muhammad Hanif Atmar ham toliblar hukumatidan örin olişi ma'lum bölgan.
«Tolibon» Ahmad Mas'udni ham hukmron kengaşda körişni istagan, ammo «Tolibon» nazoratiga ötmagan sönggi viloyat Panjşerda qarşilik harakatini boşqarayotgani tufayli kengaşga kirişi dargumon.
Panjşerdagi vaziyat
Ayni vaqtda Panjşerda bölib turgan vitse-prezident Amrulla Solih India Today uçun bergan intervyusida Panjşerning bir qismi toliblar qöliga ötgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Bu haqdagi xabarlar butkul yolğon, biz vaziyatni nazorat qilib turibmiz, odamlarning ruhi juda baland. Odamlarimiz borliğini toliblarga qarşi turiş uçun bağişlagan. Biz konstruktiv muzokaralarga tayyormiz, muzokaralar barbod bölsa, qurol kötarib jang qilişga ham», degan u.
U afğonlar mamlakat Tolibonistonga aylanişiga yöl qöymasligini ta'kidlagan.
Sputnik Afganistan manbasi ham toliblar seşanbaga ötar keçasi Panjşerga kirgani töğrisida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
«Toliblar avval ham, hozir ham Panjşerga kira olmadi. Ular viloyat çegarasini kesib ötgani haqidagi xabarlar yolğon. Viloyatdagi vaziyat osoyişta», degan agentlik manbasi.
Hozirda ayrim hududlarda kiçik otişmalar bölib turgani aytilmoqda. Toliblar öz nazoratidagi hududlardan turib artilleriyadan öq uzmoqda.
Ahmad Mas'ud Panjşerni topşirişni rejalaştirayotgani haqidagi xabarlarni rad etib çiqdi, toliblar harbiy qömondoni mulla Muhammad Yoqub esa Panjşer böyiça kelişuvga erişilmasa, harbiy harakatlar boşlanişidan ogohlantirdi.
Qarşilik harakati vakili Fahim Daşti rus naşrlariga bergan intervyusida panjşerliklar toliblar bilan muzokaralarda hukumatdan lavozim oliş haqida gaplaşmasligini ma'lum qildi.
«Biz toliblar bilan aloqa örnatganmiz. Biz tinçlik tarafdorimiz, ammo agar toliblar uruşni afzal körişsa, biz 1990-yillardagi tajribamizni qöllaşga tayyormiz.
Biz toliblar bilan hukumatda alohida lavozimlar oliş böyiça muzokara qilmayapmiz.
Biz inklyuziv hukumatga aloqador muhim jihatlarni muhokama qilyapmiz. Gap şunçaki etnik guruhlarning ramziy vakillari bölişi haqida emas. Biz istagan hukumat unga işonç bildirgan barça afğonlarning manfaatlarini ifoda etadi», degan u.