Afğonistonning Panjşer viloyatidagi vaziyat osoyiştaligiça qolmoqda. Hozirça toliblar otryadlari viloyat çegarasidan ötolmadi, deb xabar berdi TASS öz manbasiga tayanib.

“Toliblar avval ham, hozir ham Panjşerga kira olmadi. Ular viloyat çegarasini kesib ötgani haqidagi xabarlar yolğon. Viloyatdagi vaziyat osoyişta”, – degan agentlik manbasi.

Avvalroq bir neçta OAV toliblar seşanbaga ötar keçasi Panjşerga kirgani töğrisida xabar tarqatgandi.

Bundan taşqari, manbaning sözlariga köra, toliblar Panjşerdagi qarşilik harakati rahbari Ahmad Mas'ud bilan kelişuvga erişa olmagan.

“Anas Haqqoniy tinçlik haqida kelişiş uçun bu yerga keldi, ammo Ahmad Mas'ud toliblar taklifini rad etdi”, – dedi u.

Hozirça Panjşer tolibon nazorat örnatmagan yagona hudud bölib turibdi.