Toşkent şahar transport boşqarmasi poytaxtdagi ba'zi avtobus yönalişlarining xususiylaştirilayotgani töğrisidagi xabarlar hamda uşbu holat yuzasidan turli fikr-mulohazalarga javoban rasmiy munosabat bildirdi.
Ta'kidlanişiça, yölovçi taşiş yönalişlarini taşuvçi korxonalarga tender orqali biriktiriş – bu mazkur yönalişlarning xususiylaştirilganini anglatmaydi.
Bildirilişiça, bu jarayon yölovçi taşiş yönalişini aniq bir korxonaga örnatilgan talablarga (yönaliş sxemasiga, harakat jadvaliga, oraliq intervallariga, yölkira tariflariga, tibbiy, texnik va boşqa talablarga) qat'iy rioya qilişni hamda uşbu talablarni buzganlik uçun javobgarlikni yuklab, yölovçilarga transport xizmati körsatiş huquqini muayyan muddatga berişdir.
Şuningdek, xabarda kelgusida yölovçi taşiş yönalişlarida yana “Damas” rusumli avtomobillarning paydo bölişi mumkinligi töğrisidagi ma'lumotlar ham asossiz ekani ma'lum qilingan.

















