2021 yil 2 avgustdagi «Zaytun moyi va zaytun mevasi töğrisidagi xalqaro bitimga (Jyeneva, 2015 yil 9 oktabr) Özbekiston Respublikasining qöşilişi haqida»gi qonun qabul qilindi.
Zaytun moyi va zaytun mevasi töğrisidagi xalqaro bitim 2015 yil 9 oktyabrda Jyenevada qabul qilingan.
Bitimning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
standartlaştiriş va tadqiqotlar sohasida:
- savdoda har qanday tösiqlarning oldini oliş uçun zaytun moyi va ozuqabop zaytun mevasining fizik-kimyoviy va organoleptik xususiyatlariga oid milliy va xalqaro qonunçilikni birxillaştirişga kömaklaşiş;
- xalqaro standartlarni mustahkamlaş maqsadida zaytun mahsulotlarining tarkibi va sifat xususiyatlari töğrisidagi bilimlarni kengaytiriş uçun fizik-kimyoviy va organoleptik tahlil işlarini amalga oşiriş;
- firibgarlik va çalğituvçi amaliyotlar hamda qalbakilaştirişning oldini oliş;
zaytunçilik, zaytun moyi işlab çiqariş texnologiyasi va texnik hamkorlik sohasida:
- davlat yoki xususiy organlar va/yoki taşkilotlar örtasida milliy va xalqaro darajada hamkorlikni kengaytiriş orqali zaytunçilik tarmoğida texnik hamkorlik hamda tadqiqotlar va işlanmalarni rağbatlantiriş;
- zaytun daraxtlarining genetik manbalarini aniqlaş, saqlab qoliş va foydalanişga oid işlarni amalga oşiriş;
- zaytunçilik va atrof muhit örtasidagi özaro boğliqlikni, xususan, atrof muhitni muhofaza qilişga hamda uşbu sektorni kompleks va barqaror rivojlantirişni ta'minlaş va uzluksiz işlab çiqarişni yölga qöyişga kömaklaşiş maqsadida örganib çiqiş va boşqalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 3.08.2021 yildan kuçga kirdi.

















