Kompaniya televizorlarida TV Block funksiyasi mavjud bo‘lib, u televizorni masofadan bloklash imkonini beradi. Bu funksiya televizordan faqat uning qonuniy egasigina foydalanishini kafolatlaydi. Ushbu texnologiyadan maqsad televizorlarning do‘konlar, omborlar va foydalanuvchilar uylaridan o‘g‘irlanishiga qarshi kurashish hisoblanadi. 
 
Samsung’da ta'kidlanishicha, ushbu funksiya kompaniyaning barcha televizorlarida o‘rnatilgan.
 
Funksiya o‘g‘irlangan televizor seriya raqami kompaniya serveridagi ro‘yxatga kiritilishi bilan faollashtiriladi. Bunday televizor internetga ulanganda, uning dasturi seriya raqami ro‘yxatda bor-yo‘qligini tekshiradi va uni topgudek bo‘lsa, televizorning barcha funksiyalari bloklab qo‘yiladi.
 
Televizorning barcha funksiyalarini tiklash uchun kompaniyaga qurilmani sotib olganlik tasdiqnomasi va amal qiluvchi litsenziya yuborilishi kerak.