«Şimoliy alyans» rahbari bölgan Ahmad Şoh Mas'udning öğli, ayni vaqtda Panjşer viloyatida toliblarga qarşilik körsatişda davom etayotgan kuçlar yetakçisi Ahmad Mas'ud Rossiyaning RBK naşriga intervyu berdi. Ahmad Mas'ud öz ittifoqçilari kimligi hamda Afğoniston kelajagi qanday bölişi kerakligi haqida gapirdi.

«Biz muloqotga tayyormiz»

— Ayta olasizmi, siz hozir qayerdasiz? Panjşerdami?

— Ha, men Panjşerdagi uyimdaman.

— Siz bilan qança odam bor, jangçilaringiz qança?

— Minglab odamlar kuraşişni istaydi va ular jangga tayyor. Aynan qança odamligini aniq aytiş qiyin, ammo butun vodiy jangga tayyor.

— Vaziyat qanday? Toliblar bilan janglar yoki qandaydir qurolli töqnaşuvlar ketyaptimi?

— Hozirça yöq. Biz öz kuçlarimizni tiyib turibmiz. Ikki tomon ham muzokaralar boşlaşga intilmoqda, ammo şu bilan birga, har ehtimolga qarşi harbiy variantga ham tayyor.

Hozirda vaziyat şunday. Biz tinçlik jarayoni boşlanişiga umid qilamiz, agar muzokaralar samarali bölsa, biz ularga imkon berişimiz kerak. Biz gaplaşişga tayyormiz. Biz tinçlik uçun imkon berişga tayyormiz. Umid qilamizki, boşqa mamlakatlar — qöşnilarimiz, hududdagi derjavalar vaziyatga aralaşadi hamda «Tolibon»ga bosim ötkazib, ularni muzokaralarga undaydi. Çunki men tinçlik muzokaralari — yagona töğri yöl ekaniga işonaman. Ammo şu bilan birga, biz özimizni himoya qilişga, qarşilik körsatişga tayyormiz, Panjşer vodiysida bir qança harbiy manyovrlar va tayyorgarlik işlari olib borilgan (Asia-Plus’ning Afğonistondagi manbasi ma'lum qilişiça, Panjşer içkarisida tayyorgarlik işlari olib borilgan va barça toğ çöqqilariga, yöllarga, Panjşer yaqinidagi Gulbahor tumanida qoyalarga tanklar va boşqa jangovar texnika joylaştirilgan bölib, ular «Tolibon» hujum qilgan taqdirda, ularni yançib taşlaşga tayyor).

— Boşqa tomon ham Panjşerga bostirib kirişga tayyorlanmoqda yoki qandaydir hodisalar bölib ulgurdimi?

— Hozirça ular faqat tayyorlanişmoqda va yoki ular tayyorlanayotgani haqida ma'lumotlar bor, ammo heç qanday harakatlaniş sodir bölmagan.