Tokio olimpiadasi sovrindorlari Bahodir Jalolov va Bekzod Abdurahmonovga sovğa qilingan avtomobillarga “çiroyli” raqamlar taqilgan.

Bu holatga e'tibor qaratgan Spors.uz sayti “çiroyli” raqamlarni sportçilarning özlari tanlagani haqida yozdi.

Ma'lum bölişiça, çempion Bahodir Jalolov sovğa sifatida olgan Tahoe avtomobiliga 01 S 555 SS davlat raqami, bronza medali sohibi Bekzod Abdurahmonovning Trailblazer avtomobiliga esa 01 H 777 HH davlat raqami taqilgan.

IIV YHXBB axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova Kun.uz bilan suhbatda ma'lum qilişiça, “çiroyli” raqamlar sportçilarga auksion orqali emas, töğridan töğri taqdim etilgan.

Sultonovaning qöşimça qilişiça, çiroyli raqamlar olimpiada sovrindorlarini taqdirlaş böyiça çiqarilgan hukumat qaroriga asosan, avtomobil va boşqa sovğalarga qöşimça ravişda tuhfa qilingan.

Ma'lumot uçun, talabgir avtoraqamlar böyiça auksion ötkaziş tartibi hukumat qarori bilan belgilangan. Unga köra, Toşkent şahrida röyxatdan ötkaziladigan, 777 hamda 555 raqamlar kombinatsiyasiga ega hamda bir xil kombinatsiyadagi harflardan iborat davlat raqamlari BHMning 130 baravari (31 mln 850 ming söm) miqdoridagi boşlanğiç narx bilan auksionga çiqariladi.